1 yanvar, çorşanba kuni keçqurun Rossiyaning beşta aeroporti xavfsizlik nuqtayi nazaridan yopildi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) matbuot kotibi Artem Korenyako ma’lum qildi.

Aeroportlar dron hujumlari fonida yopildi

«Fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlaş maqsadida bugun keçqurun beşta aeroportda vaqtinçalik çeklovlar joriy etildi», — deb yozdi u Telegramʼda. Korenyakoning sözlariga köra, Kaluga, Penza, Saransk, Saratov va Ulyanovsk aeroportlari reyslarni qabul qilmaydi va jönatmaydi. Bir soatdan keyin u Kalugada çeklovlar olib taşlanganini e’lon qildi.

Rasmiy aeroportlarning vaqtinça yopilişining aniq sabablarini aytmadi. Ammo çorşanba kuni keçqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy Rossiyaning bir qança hududlari: Belgorod, Kursk, Voronej, Bryansk, Rostov, Tula va Oryol oblastlari ustida Ukraina uçuvçisiz uçoqlari yöq qilinganini e’lon qildi.

Rostov oblasti rahbari Yuriy Slyusar mintaqa uzra beşta dron urib tuşirilgani haqida xabar berdi. Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov ham dron hujumi haqida xabar berdi.

Uruş boşlanganidan beri Rossiyaning 10 ta aeroporti yopiq

Ukrainada uruş boşlanganidan keyin deyarli uç yil davomida Rossiya Federatsiyasining markaziy va janubiy qismlarida töqqizta aeroport yopiq qolmoqda: Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelendjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov-Don. Qrimdagi Simferopol aeroporti ham yopilgan.