Yevropa Ittifoqi AQŞning yangi ma’muriyati tomonidan bojlar oşirilişi mumkinligiga tayyor, deydi Germaniya hukumatidagi transatlantik aloqalar koordinatori Tobias Lindner. «Agar Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga nisbatan yuqori tariflarni joriy qilsa, YeI bunga tayyor», dedi Lindner 1 yanvar, çorşanba kuni çop etilgan AFP agentligiga bergan intervyusida. Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi tegişli qarşi çoralarni diqqat bilan körib çiqadi, ammo hozirça tafsilotlarni oşkor qilmaydi.
Tramp Yevroittifoqdagi hamkorlarga, agar ular AQŞdan neft va gaz sotib olib, mamlakatning savdo kamomadini kamaytirmasa, «bojlar» bilan tahdid qildi. Tobias Lindnerning sözlariga köra, bu iqlimni muhofaza qiliş va energiyaga ötiş siyosati «pirovard natijada qattiq iqtisodiy va savdo siyosati» ekanligini körsatadi.
Amerikalik hamkorlar bilan muzokaralarda «Qöşma Ştatlarda nemis firmalari qayerda qöşimça qiymat yaratayotgani, ayniqsa avtomobilsozlik sohasini» va köplab iş örinlari bunga boğliqligini ta’kidlaş kerak, dedi nemis siyosatçisi. «Kompaniyalar na Germaniya, na Amerika konserni emas – ular ikkalasiniki ham», dedi u.
Trampning keskin diplomatik uslubiga töxtalib, Lindner u bilan muomala qilişda ölçovli yondaşuvni tavsiya qildi. Bir tomondan, Germaniya AQŞning yangi ma’muriyatini öz talablarini bajarib, rozi qilişga urinmasligi kerak. Boşqa tomondan, Vaşingtonning har qanday nojöya bayonotlariga xotirjam qaraş va ularga sovuqqonlik bilan javob beriş kerak, dedi koordinator.












