AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden administratsiyasi mamlakatda Xitoy uçuvçisiz uçiş apparatlarini çeklaş yoki taqiqlaş imkoniyatini körib çiqmoqda, deb xabar beradi Bloomberg.
AQŞ Savdo vazirligi kompaniyalardan ehtimoliy taqiq oqibatlari töğrisida ma’lumot oliş istagini bildirdi, ariza berişning oxirgi muddati — 4 mart.
Bu oxir-oqibat yakuniy qaror 20 yanvar kuni AQŞ prezidenti lavozimida iş boşlaydigan Donald Tramp administratsiyasi tomonidan qabul qilinişini anglatadi.
«Uçuvçisiz aviatsiya tizimlari texnologiyasini yetkazib beriş zanjiri xavfsizligini ta’minlaş milliy xavfsizligimiz uçun muhim ahamiyatga ega», — deydi savdo vaziri Jina Raymondo. Uning aytişiça, uşbu çoralar «Qöşma Ştatlar himoyasida muhim qadam» hisoblanadi.
2024 yil dekabrda agentlik öz manbalariga tayanib Xitoy işlab çiqaruvçilari AQŞ va Yevropaga dronlar işlab çiqarişda işlatiladigan muhim detallar eksportini çeklaşni boşlagani haqida yozgandi. Uşbu dronlar Ukraina mudofaasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Öşanda Bloomberg agentligi manbasi dronlar uçun ehtiyot qismlarning yetkazib berilişiga qöyilgan çeklovlar ham Amerika, ham Yevropa kompaniyalariga ta’sir körsatganini ta’kidlagandi. Xitoyning dvigatel, akkumulyator va uçiş kontrollerlarini işlab çiqaruvçilari yetkazib berişlar hajmini qisqartirgan yoki butunlay töxtatgan.
AQŞda bir neça bor noma’lum uçuvçisiz uçiş apparatlari aniqlangan edi. 2024 yilda dronlar töğrisidagi masala Kongress vakillari e’tiboriga ham tuşgan. U yerdagilar Şenjenda joylaşgan ikkita kompaniya — Da Jiang Innovations (DJI) va Autel Robotics dunyodagi uçuvçisiz uçiş apparatlari bozorining qariyb 90 foizini nazorat qilişini aytgan edi.
Sirli dronlar haqidagi xabarlardan keyin FQB, Pentagon va Içki xavfsizlik vazirligi ularni tutiş uçun ilğor radiolokatsion tizimlarini işga tuşirdi. Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbining sözlariga köra, kelib tuşgan bu kabi 5 mingdan ziyod xabarlardan faqat 100 tasi qöşimça örganişlarni talab qilgan. Uning aytişiça, qayd etilgan holatlarning aksariyati — «tijoriy dronlar, havaskorlik uçuvçisiz uçiş apparatlari va huquq-tartibot organlari dronlari, şuningdek, boşqariluvçi samolyot, vertolyot va hatto xatolik tufayli dron deya qabul qilingan yulduzlar kombinatsiyasidir».








