O‘zbekiston | 15:27 / 03.01.2025
9966
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Shanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda. Yakshanbada esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…–5, kunduzi +1…+8 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Shanba kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.

3 yanvar kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechasi Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin.

Shanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Farg‘ona vodiysi hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, asosan qor shaklida bo‘ladi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida faqat tunda va ertalabki soatlarda biroz qor yog‘ishi mumkin.

Kechasi harorat 0…–5, kunduzi +4…+8, qor vaqtida +1…+3 daraja bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida tuman, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zida yog‘ingarchilik (asosan qor shaklida) kuzatiladi. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida 3 yanvar kuni yog‘ingarchiliksiz, harorat +5…+7 daraja bo‘ladi.

4 yanvar kuni kechqurun, shuningdek, 5 yanvar kuni kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (tunda qor) kuzatiladi. 5 yanvar kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 0…–3, kunduzi +3…+6 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalabki soatlarda joylarda tuman tushadi.

Mavzuga oid