«Qişloq xöjaligi maydonlaridagi qöşimça imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetiştirişni köpaytirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, dala çetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va köp qavatli uylar oldi, mahallaning içki köçalarida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş tizimini takomillaştiriş böyiça quyidagi yangi tartib joriy etiladi:

1. Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni taşkil qiliş böyiça:

- Ösimliklar karantini va himoyasi agentligiga dala çetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va köp qavatli uylar oldi, mahallaning içki köçalarida mahsulot yetiştiriş, qişloq xöjaligi sub’yektlariga uruğ va köçatlar yetkazib beriş hamda yetiştirilgan mahsulotlarni eksportga yönaltirişni taşkil qiliş vazifasi yuklatiladi;

- Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekiş va ularni eksport qiliş uçun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvçi tadbirkorlarning talablarini örganadi.

2. Dala çetlaridan samarali foydalangan qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça:

- içki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;

- dala çetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli köçatlarni sotib oliş xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli köçatga 25 ming sömdan oşmagan holda Agrosanoatni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.