Suriya ğarbidagi Xoms viloyatida hokimiyatdan ağdarilgan Başar Asad rejimining qurolini taşlamagan harbiylariga qarşi keng kölamli operatsiya boşlandi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xavfsizlik kuçlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Operatsiya Içki işlar vazirligi tomonidan Harbiy operatsiyalar qömondonligi bilan birgalikda viloyat ma’muriy markazi - Xoms şahrining bir qança mavzelari va unga yaqin hududlarda ötkazilyapti.

Xavfsizlik kuçlari Vodi-Zahab va Akrima hududlari aholisini köçaga çiqmaslikka va uylarida qolişga çaqirdi.

Suriyada 61 yil hukmronlik qilgan «Baas» partiyasi rejimi qulaganidan söng, 8 dekabr kuni Harbiy operatsiyalar qömondonligi umumiy amnistiya e’lon qildi. Mamlakatning köplab viloyatlarida yaraştiriş markazlari oçilgan. Töntarilgan rejim tarafdorlaridan ma’lum muddat içida qurollarini topşiriş söralgan.

Avvalroq Harbiy operatsiyalar qömondonligi Tartus va Loziqiya provinsiyalarida ham xuddi şunday amaliyotlar ötkazgan edi.