Kerakli litsenziyaga ega bölmasdan turib, odamlarni Umra ziyoratiga yuborgan tadbirkorlik sub’yektlariga çora körilgan. Bu haqda Din işlari böyiça qömita axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Din işlari böyiça qömita tomonidan ötkazilgan tekşiruvlarda Farğona viloyati Marğilon şahrida joylaşgan “Xurmo travel umra” MÇJ (Saxiy travel) fuqarolarga litsenziyasiz Umra tadbiri taşkil etib kelgani aniqlangan.

Şuningdek, Surxondaryo viloyati Denov şahrida “Anor tour”, Toşkent şahri Çilonzor tumanida “Sokin travel” nomi ostida jismoniy şaxslar tomonidan davlat röyxatidan ötmasdan Umra tadbiri taşkil etib kelingani aniqlangan.

Qayd etilişiça, qömita tomonidan “Xurmo travel umra” MÇJ (Saxiy travel)ga nisbatan “Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunning tegişli moddalari talablari buzilişi yuzasidan iş qözğatilib, işni körib çiqiş yakunlari yuzasidan BHMning 200 baravari miqdorida (75 mln söm) jarima qöllaş böyiça qaror qabul qilingan.

“Anor tour” va “Sokin travel” nomlari ostida işlab kelgan jismoniy şaxslarning xatti-harakatlari böyiça töplangan materiallar tegişli çora köriş yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

“Ogoh böling, Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişga oid xizmatlarni litsenziyaga ega bölmagan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan körsatiş taqiqlangan”, deyiladi xabarda.