Kompaniya axborotiga köra, quriliş işlariga 46 ta yöl-quriliş texnikasi va 70 dan ortiq xodim jalb etilgan.

Loyiha doirasida 203 km masofada rels-şpal panjaralarini yiğiş közda tutilgan bölib, hozir 100 km masofada bu işlar yakunlangan. Rejadagi 9,5 mln kub tuproq işlarining 1,4 mln kubi (15 foiz) bajarib bölingan.

Darvoza–Maqtaorol temiryöli Özbekiston va Qozoğistonni yaqinlaştirişdan taşqari, Turkiston viloyatining ikki olis tumani – Maqtaorol va Jyetisoyni Qozoğistonning boşqa qismlari bilan boğlaydi.

Foto: Qozoğiston hukumati matbuot xizmati

Qiymati 286 mlrd tenge (545,8 mln dollar) bölgan loyihani “Qozoğiston temir yöllari” (“Samruk-Xazina”ning portfel kompaniyasi) amalga oşirmoqda.

Qurilişi 2023 yilda boşlangan loyiha doirasida 9 ta temiryöl stansiyasi hamda Qozoğiston–Özbekiston çegarasida yangi ötkaziş punkti oçilişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, 2024 yilning sönggi kunlarida «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temiryöli qurilişiga start berilgandi.