Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozlar nazarda tutilyapti
2024 yil 27 dekabr kuni "Davlat sirlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.
Qonunning maqsadi:
- ma’lumotlarni davlat sirlariga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilash;
- davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish;
- O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab davlat sirlari bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish.
Qonunda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozlar nazarda tutilgan.
Qonunga ko‘ra, davlat sirlari – davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan, oshkor etilishi O‘zbekiston xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat ahamiyatiga molik sir va (yoki) xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar va axborotlardir. Bunda davlat ahamiyatiga molik sir – oshkor etilishi respublikaning mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir.
Qonun bilan qonunning amal qilish sohasi, asosiy tushunchalar hamda Vazirlar Mahkamasi, DXX va davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlari sohasidagi vakolatlari belgilangan.
Shuningdek, turli sohalarda davlat sirlariga taalluqli ma’lumotlar ro‘yxati keltirilgan, ma’lumotlarni davlat sirlariga kiritish tartibi va tamoyillari, sir saqlashning asoslari va muddatlari, shuningdek sir saqlanmaydigan ma’lumotlar belgilangan.
Davlat sirlariga kiritilgan ma’lumotlar va ularning tashuvchilari qonuniylik, asoslilik va kechiktirmaslik tamoyillari asosida sir saqlanadi.
Hujjat bilan sir saqlashdan chiqarish asoslari va tartibi, ruxsatnoma berish tartibi, uni berish talablari, shuningdek rad etish asoslari belgilangan. Qonunda davlat sirlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, ularni uzatish tartibi, davlat sirlarini himoya qilish talablari, himoya tadbirlarini moliyalashtirish manbalari belgilangan.
Mavzuga oid
16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi
17:02 / 16.11.2024
Yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’yektlari rag‘batlantiriladi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
21:11 / 02.10.2024