Amazon studiyasi Donald Trampning rafiqasi Melaniya haqida hujjatli film çiqaradi. Variety naşri yozişiça, kartina ham kinoteatrlarda, ham striming servislarida namoyiş etiladi.
Suratga oliş işlari 2024 yil dekabr oyida boşlangan, premerasi esa 2025 yilning ikkinçi yarmiga möljallangan. Filmga Brett Ratner rejissyorlik qilmoqda.
Amazon vakili filmni Trampning uçinçi xotini va birinçi xonimga “misli körilmagan nazar bilan sahna ortidan qaraş” deb ta’rifladi. Melaniya loyihaning ijroçi prodyuserlaridan biriga aylandi.
Melaniya Tramp 54 yoşda, u fotomodel, qöl soatlari va zargarlik buyumlari dizayneri. U 2005 yilda Donald Tramp bilan oila qurgan, 2017 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigaça AQŞning birinçi xonimi bölgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 5 noyabr kuni AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovlari ötkazildi. Unda respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp ğalaba qozondi. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bölib ötadi. Şundan söng Melaniya Tramp yana AQŞ birinçi xonimiga aylanadi.







