Falastinning HAMAS guruhi Isroil bilan öt oçişni töxtatiş böyiça ehtimoliy kelişuv doirasida garovdagi 34 nafar isroillikni ozod qilişga tayyor va ularning röyxatini tuzdi. Bu haqda harakat vakillaridan biriga asoslanib Reuters xabar berdi.
Qayd etişilişiça, har qanday bitim Isroil qöşinlarini Ğazodan olib çiqib ketiş böyiça kelişuvga erişiş, şuningdek, öt oçişni vaqtinçalik emas, balki doimiy töxtatişga boğliq böladi.
Keyinroq Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu idorasi HAMAS guruhidan garovga olinganlarning bunday röyxatini olmaganini ma’lum qildi.
Reuters agentligining ma’lum qilişiça, unda röyxatning nusxasi bor, lekin ismlar oşkor etilmaydi.
The Times of Israel naşrining yozişiça, uç bosqiçli ehtimoliy kelişuvning birinçi bosqiçida 23 nafar ayol, şuningdek, oğir ahvolda deb hisoblangan 50 yoşgaça bölgan 11 nafar erkak ozod etilişi mumkin.
OAV xabarlariga köra, oxirgi kunlarda Qatarda HAMAS va Isroil örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça köp tomonlama muzokaralar olib borilmoqda. Taxminlarga köra, tomonlar kelişuvni 20 yanvar, AQŞ saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi kunigaça tuzmoqçi.
2023 yil oktyabr oyida HAMAS va Isroil örtasida yangi uruş boşlanganidan beri falastin guruhi 250 nafardan ortiq isroillikni garovga oldi. Ularning yuzga yaqini hamon Ğazo sektorida asirlikda qolmoqda. Ularning uçdan bir qismi ölgan deb hisoblanadi.








