Ukrainaning Kursk oblastidagi «katta yurişi». Bu haqda nimalar ma’lum?
|19:50 / 06.01.202538 2549 min
Ukraina qurolli kuçlari Kursk oblastida yuriş amaliyotini boşladi. Rossiyalik Z-blogerlar Sudjadan şimolda ukrain zirhli texnikalari harakatlanayotgani töğrisida xabar bergan. Ukrain rasmiylari ham hujumga ötilganini tasdiqlagan.
Maksym Kishka/Global Images Ukraine
5 yanvar tongida rossiyalik harbiy muxbirlar ukrain armiyasining Kursk oblastidagi «katta yurişi» haqida xabar tarqata boşladi.
Z-blogerlar nimalar yozişgan?
Z-bloger Roman Alyoxin Ukraina qurolli kuçlari Sudjadan şimolda, oblast markaziga olib boruvçi trassa böyida, Kursk AESdan 35 km masofada joylaşgan Bolşoye Soldatskoye posyolkasi tomon harakatlana boşlaganini xabar qilgan.
«Raqibning yurişida minalardan tozalaş trallari, tanklar va boşqa zirhli texnikalar işga solingan. Raqib hujum qilayotgan hudud radioelektron kuraş vositalari bilan tiğiz qamralgan, şu tufayli dronlarning köpçiligi foydasiz. Raqib boşqa yönalişlarda ham yorib ötişga harakat qilişi mumkin», — deya yozgan harbiy muxbir.
Keyinroq u allaqaçon Bolşoye Soldatskoye yaqinidagi Berdin qişloği uçun janglar boşlanganini xabar qildi. Rossiyalik ayrim blogerlar ma’lumotiga köra, ukrain armiyasi uşbu aholi yaşaş manzilini nazoratiga olgan va oldinga yurişda davom etgan. Buni inkor etuvçilar ham bor.
Rossiyalik Z-blogerlarga köra, fotoda Ukraina qurolli kuçlarining 5 yanvar tongida Kursk oblastidagi Bolşoye Soldatskoye posyolkasi tomon harakatlanayotgan zirhli texnikalari kolonnasi aks etgan
Ukraina qurolli kuçlari Sudja tomondan Bolşoye Soldatskoye yönalişida hujumga ötgani haqida WarGonzo telegram-kanali muallifi Semyon Pegov ham xabar qilgan.
Bu ma’lumotni «Komsomolskaya pravda» gazetasi muxbiri Aleksandr Kots ham tasdiqlagan. U ukrain harbiylari «Bolşoye Soldatskoye va Sudja hududida çindan ham faol qadamlar taşlayotgani»ni qayd etgan: «Ğarbiy qanotda Novoivanovkaga va şarqda Bardin tomonga ham bosim qilinmoqda».
Şu bilan birga, Kots ukrain harbiylarining asosiy zarbasi «qaysidir boşqa joyda bölişi mumkinligi»ni istisno etmagan.
«Men Sumi oblastining Şostkinsk rayonidan bizning Rilsk va Xomutov rayonlarimizga zarba berilişiga tayyorlangan bölardim. Yoki u yerdan Bryansk oblasti tomonga», — deya prognoz qiladi u.
Mavzuga oid
Z-bloger Yuriy Podolyak ham uning fikriga qöşiladi. Uning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi yangi hujumi «e’tiborni boşqa uçastkadan çalğitişga qaratilgan amaliyot bölişi mumkin». «Hozirça Ukraina qurolli kuçlari tomonidan asosiy kuçla jangga kirgani yöq», — deydi u.
Ukraina qömondonligi bir neça oydan buyon RF qurolli kuçlarining Zaporijjya oblastidagi mudofaasini yorib ötiş rejasini pişitmoqda va zaif nuqtalarni paypaslab körmoqda, deya qöşimça qilgan Rossiya mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan Rybar telegram-kanali.
«Operatsiya Z: voyenkory russkoy vesny» telegram-kanali ukrainlar tunda Berdin atrofini minalardan tozalagani va keyin öqotar qurollar vositasida janglar boşlanganini yozgan. Rossiya jangovar aviatsiyani qöllamoqda.
Harbiy mavzuga ixtisoslaşgan yana bir bloger Alex Parker hisoblaşiça, Ukraina qurolli kuçlari yurişining nişoni Kurçatov şahri atrofidagi Kursk AES hisoblanadi.
«Maqsad — Sudjadan Kurçatovgaça yurib keliş va AESni egallaş. Ular taniqli insayderlar ogohlantirganidek, Bolşoye Soldatskoye orqali yuriş qilişni rejalaştirgan», — deya yozgan u.
«Voyennyy osvedomitel» telegram-kanalii ukrain armiyasi nafaqat Bolşoye Soldatskoye yönalişida, balki Sudjadan şimoli-şarqdagi Puşkarnoye qişloği tomon ham yuriş qilayotganini ma’lum qilgan.
ISW Ukraina qurilli kuçlari Kursk oblastida uç hududda oldinga siljiganini ma’lum qildi
Rossiyalik harbiylar nima demoqda?
Rossiya mudofaa vazirligi amalda Ukraina qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi yurişini tasdiqladi.
5 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 9:00 atrofida «Rossiya qöşinlarining Kursk yönalişidagi yurişini töxtatiş maqsadida» ukrainalik harbiylar «Berdin xutori yönalişida şturmçi guruh yuboriş orqali qarşi hujumini amalga oşirdi...», deyilgan Rossiya harbiy idorasi bayonotida.
Qayd etilişiça, ukrain armiyasi Berdin xutori yönalişidagi bu «qarşi hujum»da göyoki ikki tank, 12 ta jangovar zirhlangan maşinalar va tösiqlarni olib taşlaş texnikalaridan foydalangan.
Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuçlarining şturmçi guruhi mağlub etilganini ma’lum qilgan.
«„Sever“ qöşinlar guruhi artilleriyasi va aviatsiyasi Ukraina qurolli kuçlarining şturmçi guruhini tor-mor keltirdi. Ikkita tank, tösiqlardan tozalaş maşinasi va yettita jangovar zirhlangan maşina yöq qilindi. Ukraina qurolli kuçlari tuzilmalarini yöq qiliş böyiça amaliyot davom ettirilmoqda», — deyilgan RF mudofaa vazirligi bayonotida.
Rossiya harbiy idorasi yakşanba kuni davomida Kursk oblastida ukrainlarning uçta uçuvçisiz uçar qurilmasi urib tuşirilganini ma’lum qilgan. Şuningdek, hududiy operativ ştabga köra, yakşanba kuni region ustida Ukraina qurolli kuçlarining uçta raketasi yöq qilingan.
Kursk AES rahbariyati atom elektr stansiyasi odatiy rejimda işlaşda davom etayotganini ma’lum qilgan.
Ukrain harbiylari nimalar demoqda?
Kursk oblasti Sudja şahridagi ukrain harbiysi. Rossiyaliklar qarşi hujumdan keyingi 4 oy davomida uşbu şaharga 3-4 km masofada yaqinlaşib kelgan
Ukraina boş ştabi öz yuriş amaliyoti tafsilotlarini oçiqlamayapti. Şu bilan birga, har kunlik hisobotda 5 yanvar kuni aynan Kursk oblastidagi harbiy töqnaşuvlar soni keskin oşgani aytilgan. 4 yanvar kuni bu hududda 33 ta jangovar töqnaşuv röy berib ötgan bölsa, yakşanba kuni soat 16:00 holatiga kelib 42 ta töqnaşuv qayd etilgan, şu bilan birga, bu vaqtda 12 ta nuqtada janglar hali davom etayotgandi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi qoşidagi dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi rahbari Andrey Kovalenko ukrainlar Kursk oblastida «kutilmaganda» rossiyaliklarga hujum qilganini tasdiqlagan.
«Kurskdagi rossiyaliklar qattiq xavotirga tuşgan, çunki ular bir neça yönalişda hujumga uçragan va bu ular uçun kutilmagan hol böldi. Mudofaa kuçlari işlamoqda», — deya yozgan u.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak am Kursk oblastidagi voqealarga munosabat bildirgan.
«Kursk, yaxşi xabarlar, Rossiya özi loyiq bölgan narsani olmoqda», — deya yozgan u telegram-kanalida tafsilotlarni keltirmagan holda.
Ukraina qurolli kuçlarining Kursk amaliyoti
Ukraina armiyasi Kursk oblastidagi yurişini 6 avgust kuni boşlagandi.
Öşanda rossiyaliklar mudofaasi yorib ötilgan va Sudja şahri hamda atrofdagi önlab aholi yaşaş manzillari egallab olingandi. Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlari yurişi davomida 700 ga yaqin rossiyalik askar asir olingandi.
Yuriş harakatlari sentabr oyiga qadar davom etdi. Öşa vaqtda Ukraina kuçlari Kursk oblastining 1,1 ming km kv hududini nazorat qilayotgandi.
Sentyabr oyi örtalaridan Rossiya uşbu yönalişda qarşi hujumga ötdi. Dekabr boşida Kreml bu amaliyotga KXDRdan kelgan 11-12 ming askarni ham jalb etdi.
2025 yil yanvariga kelib rossiyalik harbiylar Şimoliy Koreya kuçlari bilan birgalikda okkupatsiya ostidagi hududning taxminan yarmini qaytarib oldi. Yangi yil boşidagi ma’lumotlarga köra, Ukraina nazoratida Sudja şahri atrofida va qöşni rayonlarda jami 400 km kv hudud qolgan.
4 yanvar kuni keçqurun prezident Volodimir Zelenskiy ukrain armiyasi Sudja çekkalaridan 3 km masofadagi Maxnovka qişloği atrofida rossiyaliklar va şimoliy koreyaliklardan iborat batalyon tor-mor etilganini ma’lum qildi.
Avvalroq ukrain harbiylari BBC bilan muloqot çoğida qömondonlikdan Kursk oblastidagi platsdarmni kamida 20 yanvargaça, ya’ni AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirişguniga qadar uşlab turiş haqida buyruq bölganini aytişgandi.
Şuningdek, harbiy ekspertlar uşbu sanaga qadar Ukraina qurolli kuçlari yönalişlardan birida yaxşi tayyorgarlikka ega zaxira kuçlar bilan yuriş qilişga urinib körişini prognoz qilişgandi.