Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari mamlakat Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga ötkazişi kerak, deb hisoblaydi. Britaniyaning The Times gazetasida 6 yanvar, duşanba kuni çop etilgan oçiq xatida siyosatçilar hukumat Rossiya Markaziy bankining turli mamlakatlarda muzlatilgan zaxiralaridan 300 milliard dollarni Ukrainaga qonuniy yöl bilan ötkazişni aniqlaşi kerakligini ta’kidlamoqda. Ularning qöşimça qilişiça, Buyuk Britaniya hisoblarida saqlanadigan kamida 25,5 milliard funt sterlingni ötkaziş strategik qarorning «aniq signali» bölib, kelajakdagi mojarolarning oldini olişga yordam beradi.

«Avvalgi kreditlar va favqulodda moliyalaştiriş yetarli emas, - deb yozadi deputatlar. - Faqat aktivlardan foydalaniş Rossiya öz jinoyatlari uçun tölaşini kafolatlaydi».

Xat Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani uruş paytida moliyalaştiriş uçun foydalaniş böyiça parlament muhokamasi oldidan yozilgan. Muzlatilgan mablağlar kompaniya aksiyalari va bank hisobvaraqlaridagi naqd pullarning birikmasidir. Katta yettilik davlatlari allaqaçon Ukrainaga 50 milliard dollar miqdorida kredit ajratiş majburiyatini olgan, u muzlatilgan aktivlardan olingan foizlar hisobiga qaytariladi. Şu bilan birga, Ğarb siyosatçilarining fikriça, aktivlarni Kiyevga topşirişning özi huquqiy muammolar bilan töla böladi.

Yaponiya RF aktivlari hisobidan Ukrainaga 3 mlrd dollar beradi

Yaponiya hukumati Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan daromad hisobidan Kiyevga yana 3 milliard dollar ötkazadi. Bu haqda 25 dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Yaponiya boş vaziri Şigeru Işiba bilan telefon suhbatidan söng ma’lum qildi. Bir oy oldin Tokio G7 mamlakatlari taşabbusi doirasida Ukrainaga xuddi şunday miqdorni ajratgan edi: u Kiyevga Rossiya aktivlari garovi bilan umumiy qiymati 50 milliard dollar miqdorida kredit berişni nazarda tutadi.

Zelenskiy Şigeru bilan suhbatda Yaponiya hukumati va xalqiga «minglab odamlarning hayotini saqlab qoliş imkonini beruvçi umumiy qiymati 12 milliard dollarlik yirik gumanitar va moliyaviy yordam uçun» minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, u Yaponiya boş vaziriga 25 dekabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukraina energetika infratuzilmasini ommaviy ravişda öqqa tutgani haqida gapirdi.

Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşidan beri Kiyevga moliyaviy, gumanitar va noharbiy yordam körsatib kelmoqda.