AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili, iste’fodagi general Kit Kellog Kiyevga avvaldan rejalaştirilgan faktlarni örganiş uçun safarini qoldirdi. Bu haqda 6 yanvar, duşanba kuni keçki payt Reuters Tramp atrofidagi tört manbaga tayanib xabar berdi.
Qayd etilişiça, Kellogning nafaqat Kiyevga, balki Rim va Parijga ham taşrifi saylangan prezidentning «inauguratsiyasidan keyingaça» qoldirildi. Agentlik manbalari Yevropaga safarning keyinga qoldirilgani sabablarini aytmadi. «Kellog ham, Ukrainaning Vaşingtondagi elçixonasi vakili ham izoh beriş sörovlariga javob qaytarmadi», — deyiladi Reuters xabarida.
Kellog yanvarda Kiyevga taşrif buyurişni rejalaştirgandi
Avvalroq AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya Federatsiyasi böyiça özining maxsus vakili etib tanlagan iste’fodagi general Kit Kellog yanvar oyi boşida Yevropaning bir qança poytaxtlariga, jumladan Kiyevga ham taşrif buyurişni rejalaştirayotgani aytilgandi.
Kellog Kiyevda Ukraina rahbariyati bilan uçraşmoqçi ekani bildirilgan. Bundan taşqari, uning jamoasi Parij va Rimda yuqori martabali siyosatçilar bilan uçraşuvlar tayyorlagan. Maqsad Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça unçalik faol muzokaralar emas, balki AQŞning yangi ma’muriyati uçun ma’lumot töplaş edi.
AQŞ yangi prezidentining inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan.








