Turonbank korporativ mijozlar uchun maxsus biznes-seminarlar tashkil etish loyihasini yo‘lga qo‘ydi
Bank tomonidan tashkil etilgan "Inqiroz vaqtida strategiyani to‘g‘ri tanlash" mavzusidagi ilk biznes treningda “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi professori ishtirok etdi.
Tadbirkorlik sub’yektlari o‘z faoliyatini yanada rivojlantirish, mahsulotlar qatorini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida doimiy izlanish olib boradi. "Turonbank" ATB o‘z mijozlarini nafaqat moliyaviy qo‘llab quvvatlash balki, har tomonlama ularga yordam berishga harakat qiladi. Korporativ mijozlar uchun xalqaro toifadagi professorlar bilan hamkorlikda, turli dolzarb mavzularga bag‘ishlangan biznes-treninglarning tashkil etilishi bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan yana bir muhim qadamlardan biridir.
Korporativ mijozlar uchun tashkil etilgan ilk biznes trening “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi professori ishtirokida o‘tkazilib, "Inqiroz vaqtida strategiyani to‘g‘ri tanlash" mavzusiga bag‘ishlandi.
Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yirik tadbirkorlar hamda bank o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlar amaliyotda duch keladigan masalalarga yechim topishida ularga ko‘maklashishdan iboratdir. Shu bilan birga mazkur loyiha tadbirkorlar uchun o‘zaro muloqot va tajriba almashish maydoniga ham aylanmoqda.
Reklama
Mavzuga oid
17:00
O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” Ascotsiatsiyasining navbatdagi konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
14:00 / 29.12.2024
Turonbankda yoshlar siyosati va ularga oid amalga oshirilayotgan loyihalar
17:00 / 25.06.2024
Turonbank yoshlari uchun Buxoroda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
19:00 / 14.03.2024