Ukraina qöşini Kursk oblastida keskin faollaşuvi Rossiya armiyasining Donbassda davom etayotgan yurişi va bu hududdagi yana bir muhim şahar, Ukraina qurolli kuçlarining Pokrovsk janubidagi tayanç punkti hisoblangan Kuraxovoni egallaşi fonida röy bermoqda. Ukraina qömondonligi öz zaxiralarini Rossiya hujumini qaytariş uçun emas, balki butunlay boşqa yönalişda hujum qiliş uçun yuboriş qaroriga nima sabab bölişi mumkin?
Sönggi bir neça hafta davomida Rossiyadagi harbiy pabliklar ukrain qismlari şimoliy yönalişga olib ötilayotgani va navbatdagi yurişga tayyorgarlik körilayotgan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqatişdi, bu xabarlarda yangi zarba yönalişi böyiça turli versiyalar ilgari surildi.
Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi odatda biror amaliyot boşlaganida axboriy sukunat rejimini kiritib, ukrain naşrlaridan bunga amal qilişni talab etadi. Ammo bu safar Ukraina boş ştabining rasmiy xabarlarida ham sodir bölayotgan voqealar kölamli sezilib turibdi.
«Kurskda ayni vaqtda 42 ta jangovar töqnaşuv röy berdi», — deyiladi 5 yanvar kungi hisobotda. Şu bilan birga, sönggi vaqtlarda frontning eng qaynoq nuqtasi bölib turgan Pokrovsk yönalişida, Ukraina harbiy idorasi ma’lumotlariga köra, kun davomida 36 ta jangovar töqnaşuv qayd etilgan.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiyning yangi yilning ilk kunida Kursk oblastiga borişi, şuningdek, 5 yanvar kuni Rossiya mudofaa vaziri Yunus-Bek Yevkurov şoşilinç ravişda Kurskka yöl olişi ham e’tiborga molik.

Ayni vaqtda ukrainlar Sudjadan şimoli-şarqdagi Bolşoye Soldatskoye qişloği va Berdin xutori tomon harakatlanmoqda. Uşbu aholi yaşaş manzillari oblast markazi va Kursk AES joylaşgan Kurçatov şahriga olib boruvçi trassa böyida joylaşgan. Ukraina qurolli kuçlari Sudja şahridan şimoli-ğarb va şarq tomonda ham hujumga ötgani xabar qilingan.
Birinçi zarbadan keyin jiddiy natijalar yöqligida ukrain qömondonligining rejasi qanday ekani böyiça xulosa qiliş qiyin, ammo voqealar rivojlanişda davom etmoqda.
Amerikadagi uruşlarni örganiş instituti (ISW) Ukraina qurolli kuçlari Kursk oblastida taktik yutuqlarga erişayotganini yozgan.
Institut ma’lumoti 5 va 6 yanvar kunlari e’lon qilingan geolokatsiya kadrlariga asoslangan. Ular Ukraina qurolli kuçlari Sudjadan şimoli-şarqda: Berdin janubida, undan ğarbdagi Russkoye Poreçnoyeda va undan şarqdagi Novosotnitskiyda ilgarilagan.










