2024 yil rekord darajadagi eng issiq yil böldi, bu haqda Yevropa komissiyasining Yer holatini doimiy kuzatuvçi Copernicus dasturiga tayanib Anadolu xabar berdi.

Hisobotga köra, 2024 yil 1850 yildan beri rekord darajadagi eng issiq yil böldi. Örtaça global harorat 15,1 darajani taşkil etdi, bu 1991-2020 yillardagi örtaça körsatkiçdan 0,72 darajaga va avvalgi rekordçi 2023 yilga nisbatan 0,12 darajaga yuqori.

Şunday qilib, 2024 yil 1850-1900 yillarni qamrab olgan «sanoatdan oldingi davr» örtaça körsatkiçi 1,5 darajaga oşgan birinçi yil böldi. 2023 yilda bu örtaça körsatkiçdan 1,48 darajaga oşgan edi.

2024 yil 22 iyulda örtaça kunlik global harorat böyiça yangi rekord 17,16 darajaga yetdi.

2024 yil yanvaridan iyunigaça har oy ötgan yilning şu oyiga nisbatan issiqroq böldi. 2024 yil yozi ham tarixdagi eng issiq fasl böldi.

«Barça xalqaro global harorat ma’lumotlari 2024 yil 1850 yildan beri eng issiq yil bölganini körsatdi. Insoniyat öz taqdiri uçun javobgardir, ammo iqlim özgarişiga qanday munosabatda bölişimiz dalillarga asoslangan bölişi kerak. Kelajak öz qölimizda», dedi Karlo Buontempo, Copernicus dasturining Iqlim özgarişi böyiça xizmati direktori.

Uning qöşimça qilişiça, tez va qat’iy çoralar kelajakda iqlim vaziyatining rivojlanişini özgartiradi.