Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining "Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni va Attraksionlarni hisobga olish hamda ularning davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament;
- Attraksionlarni hisobga olish hamda ularning davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Reglament O‘zbekiston hududida attraksionlardan foydalanishda insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek ularda xavfsizlik bo‘yicha chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llanishi va bajarilishi lozim bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.
Reglamentda attraksionlar Reglament talablariga muvofiq bo‘lgan va muvofiqlik protsedurasidan o‘tgan taqdirda muomalaga kiritilishi nazarda tutilgan.
Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, FVV, Energetika vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Attraksionlarning davlat reyestrini yuritish maqsadi ularning ma’lumotlar bazasini yaratish, sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek ro‘yxatga olingan attraksionlar va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi tizimli ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va saqlashdan iborat.
Reyestrni yuritish qo‘mitaga yuklanadi va quyidagi protseduralarni o‘z ichiga oladi:
- ro‘yxatga olish raqamini ko‘rsatish orqali attraksion to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
- attraksion to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy yangilab borish yoki ularni reyestrdan o‘chirish.
Mavzuga oid
08:10 / 08.01.2025
Portlash xavfi bo‘lgan muhitda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi
17:04 / 31.07.2024
Namanganda nosozlik sabab attraksion daraxtga urildi, 1 kishining oyog‘i sindi
14:05 / 26.06.2024
Zo‘ravonlikka uchragan ayollar va ular farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish reglamenti tasdiqlandi
12:10 / 08.06.2024