Ğazodagi boşqaruv istiqbollari, Xitoydan rus tankerlariga çeklovlar va Saudiyadagi suv toşqinlari - kun dayjesti
|19:08 / 08.01.20254 6479 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi vaziyat
Birlaşgan Arab Amirliklari Isroil va AQŞ bilan Ğazo sektoridagi vaqtinçalik ma’muriyatda iştirok etiş masalasini muhokama qilmoqda. Reuters ma’lumotiga köra, amirliklar AQŞ va boşqa davlatlar bilan birgalikda Ğazodagi boşqaruv, xavfsizlik va tiklaniş işlarini vaqtinça nazorat qiliş variantini körib çiqmoqda.
BAA Isroil va AQŞning yaqin xavfsizlik hamkori sifatida Ğazo, Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddusni öz içiga olgan mustaqil Falastin davlati uçun Falastin ma’muriyatini isloh qiliş va kuçaytirişni qöllab-quvvatlamoqda.
Amirliklar rasmiy vakili: «Amirliklar Falastin ma’muriyati jiddiy isloh qilinmasa, heç qanday rejada iştirok etmaydi», — deb ta’kidladi.
BAA Falastin ma’muriyatining yangi boş vazirini tayinlaşni taklif qilmoqda va ehtimoliy nomzod sifatida sobiq boş vazir Salom Fayyod körib çiqilmoqda. Ğazoni tiklaş işlari köp yillar va milliardlab dollar xalqaro moliyaviy yordamni taqozo qiladi. Isroil hanuzgaça Ğazoning kelajagi borasida aniq reja taqdim etmagan.
Xitoydan Rossiya tankerlariga çeklovlar
Xitoyning Şandong provinsiyasidagi eng yirik neft portlari AQŞ sanksiyasiga tuşgan tankerlarga xizmat körsatişni taqiqladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Yangi tartibga köra, sanksiyaga tuşgan tankerlar portda langar taşlaşi, yuk tuşirişi yoki boşqa port xizmatlarini oliş huquqidan mahrum böladi.
Bu çeklovlar Tsingdao, Jiçjao va Yantay portlarini ham qamrab olgan. Mazkur holat Xitoyning Rossiya, Eron va Venesuela neftini import qiliş sur’atlarini sekinlaştirişi mumkin.
AQŞ, Britaniya va Yevropa Ittifoqi 2024 yil söngiga qadar 180 ta neft taşuvçi tankerni sanksiyalar röyxatiga kiritgan. Ulardan 100 tasi harakatni töxtatgan. AQŞ ma’muriyati Rossiyaning «yaşirin flot»iga qarşi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda, Rossiya neftiga embargo qöyiş va Rossiya banklari litsenziyalarini bekor qilişni rejalaştirmoqda.
Suriyaga nisbatan sanksiyalar yumşatilmoqda
Mavzuga oid
Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalarga tayyorgarlik körayotgan AQŞ moliya vazirligi Suriyaning davlat muassasalari bilan moliyaviy operatsiyalarga, energetika resurslari uçun tölovlarga va Markaziy bank orqali pul ötkazmalariga çeklovlarni vaqtinça bekor qildi.
Faqat Rossiya yoki Eron manfaatlariga xizmat qiluvçi bitimlar bundan mustasno.
Moliya vazirligi xabar berişiça, 2024 yil 8 dekabrdan keyin boşlangan operatsiyalar uçun GL24 litsenziyasi joriy qilindi. Bu litsenziya olti oy davomida amal qiladi va vaziyatni kuzatib boriş maqsadida işlab çiqilgan. Bu qaror AQŞ tomonidan Asad rejimi qulatilganidan keyingi özgarişlarga moslaşiş doirasida qabul qilingan.
NATO Boltiq dengizini qöriqlaydi
NATO Boltiq dengizida muhim ahamiyatga ega energiya va ma’lumot uzatuvçi suvosti kabellarini himoya qiliş uçun 10 ga yaqin kema yuborişini e’lon qildi. Bu kemalar asosan kabellar atrofida joylaştirilib, tiyib turuvçi omil sifatida faoliyat yuritadi, ammo xalqaro suvlarda boşqa davlat kemalarining harakatini töxtata olmaydi.
Dekabr oxirida Estoniya va Finlandiya örtasidagi Estlink 2 elektr kabeliga zarar yetkazilganidan söng, NATO öz harbiy iştiroki kuçaytirilişini ma’lum qilgandi.
Kabel yaqinida Hongkong bayroği ostidagi Xin Xin Tiang 2 va Kuk orollari bayroği ostida Eagle S kemalari sezilarli darajada sekinlaşgan holda aniqlangan edi. Ayni paytda kabellar ta’mirlanmoqda.
Yevropa gaz zaxiralari qisqarmoqda
Yevropa nisbatan sovuq kelgan qişda öz gaz zaxiralarini 2018 yildan buyongi eng yuqori sur’atlarda sarflamoqda. Bloomberg ma’lumotiga köra, gaz omborlari 70 foizgaça tuşib ketgan, bu ötgan yilgi 86 foizlik körsatkiçdan ança pastdir. Bu esa keyingi yil energetik xavfsizlik uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
Gaz tanqisligi hozirça kutilmayapti, ammo bu holat kelgusi qiş mavsumiga tayyorgarlik körişni qiyinlaştirişi va gaz narxlari keskin oşişiga olib kelişi mumkin.
Şuningdek, Rossiya gazining Ukraina orqali tranziti töxtaşi ham Yevropani qiyin ahvolda qoldirmoqda. Bu yöl oldin Yevropa gaz importining 5 foizini ta’minlar edi. Ayniqsa, Vengriya va Slovakiya kabi davlatlar bu tranzitga juda boğlanib qolgan edi.
Yevropa gaz zaxiralarini Gretsiya, Turkiya va Ruminiya orqali transbolqon quvuri orqali keladigan gaz bilan töldiriş taklifini örganmoqda. Biroq bu yöllar Rossiya gazi tranzitiga qaraganda ança qimmatga tuşadi.
Trampning Grenlandiya böyiça rejalari
Donald Tramp Grenlandiyani AQŞga qöşiş böyiça kelişuv amalga oşişi kerakligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, erkin dunyo va Grenlandiya xavfsizlik va tinçlikka muhtoj. Trampning öğli Grenlandiya poytaxti Nuuk şahriga borgan, biroq mahalliy hukumat taşrif xususiy deya, unga peşvoz çiqmagan.
Şuningdek, Tramp Grenlandiya va Panama kanali uzra nazorat örnatişda harbiy va iqtisodiy uslublardan foydalanmasligiga kafolat bera olmasligini ham ma’lum qilgan.
Tramp Meksika qöltiğini «Amerika qöltiği» deb qayta nomlaş rejasini ma’lum qildi va bu böyiça qaror yaqin kunlarda e’lon qilinişi kutilayotganini ta’kidladi.
Şu bilan birga, u Ukrainadagi uruşni olti oy içida töxtatişga umid qilmoqda. Tramp Rossiyaning Ukraina NATO a’zosiga aylanişiga qarşi çiqişiga tuşuniş bilan qaraşini aytdi. Putinning u bilan uçraşuvga tayyorligidan xabardor ekani, lekin bunga u rasman Oq uyga qaytmagunça qöl urib bölmasligini ta’kidladi.
Bundan taşqari, Tramp u Oq uyga qaytguniga qadar HAMAS garovda uşlab turilganlarni ozod qilmasa «har bir tomon uçun yomon böladigan holat» yuz berişi mumkinligi bilan tahdid qildi.
Lukaşenko hokimiyatni yoşlarga topşiradimi?
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko yaqinlaşayotgan saylovlar oldidan hokimiyatni yoş avlodga topşirişga tayyorligini ma’lum qildi. U özining hokimiyat tepasida qolişga intilmayotganini qayd etib, hokimiyatni tinç va osoyişta topşiriş istagini bildirdi.
«Men hokimiyatga yopişib olganim yöq. Tinçlik va osoyiştalik bilan uni yangi avlodga topşiraman. Çunki ularning qanday yaşaşini körişni xohlayman. Buning uçun hokimiyatni kuç bilan uşlab qolişga intilayotganim yöq», — dedi Lukaşenko.
Şu bilan birga, u siyosatdan ketiş niyati yöqligini, soğligi bor ekan, mamlakat manfaati uçun işlaşda davom etişini ta’kidladi. «Men soğlom ekanman, doim sizlar bilanman. Har qanday lavozimda bölsa ham, öz qölimiz bilan yaratgan narsalarimizni asraş uçun işlayman», — degan u.
Makkada suv toşqinlari
Saudiya Arabistonida kuçli yomğirlar tufayli Makka va Madinada suv toşqinlari yuz berdi. Jidda şahrida ham köçalarni suv bosib, şaharlarni boğlovçi yöllar buzildi.
Saudi Gazette va Khaleej Times naşrlari ma’lumotiga köra, Makkaga umra ziyoratiga borgan ziyoratçilar ham kuçli jala ostida qolgan.
Qişda yoğingarçilik kam uçraydigan Saudiya Arabistonida bunday holat sönggi marta 2024 yilning aprelida kuzatilgan edi.
Arab davlatlaridagi sönggi toşqinlar uşbu mamlakatlaridagi drenaj tizimlari kuçli yoğingarçilik oqibatlarini bartaraf etişga qodir emasligini körsatib bermoqda.
Tibetdagi zilzila qurbonlari
Tibetning toğli hududlarida röy bergan 6,8 magnitudali kuçli zilzila natijasida kamida 126 kişi halok bölib, 188 kişi yaralangan. Zilzila epimarkazi Tingri uyezdida, yer sathidan 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan. Afterşoklar 4,4 magnitudaga yetib, köplab binolar qulagan.
AQŞ Geologiya xizmati zilzilani 7,1 magnitudaga baholab, uning ta’siri Nepal, Butan va Hindistonda ham sezilganini qayd etdi. Tibetning muqaddas Şigajye şahri yaqinidagi Pançen-lamaning qarorgohi joylaşgan hudud ham zarar körgan.
Voqea joyidagi kadrlarda vayron bölgan binolar va parçalar tasvirlangan. Halokat hududida havo harorati Tselsiy şkalasi böyiça –8 daraja, keçasi esa –18 darajaga tuşişi kutilmoqda.
Tingri uyezdi 62 ming aholiga ega bölib, zilzilalarga moyil hudud sanaladi. 2015 yilda Nepaldagi 7,8 magnitudali zilzila 9 ming kişining hayotiga zomin bölgan edi.