O‘zbekistonda taqiqlangan diniy manbalar va materiallar ro‘yxati e’lon qilindi
Oliy sud diniy ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlangan 1400 ga yaqin manbalar ro‘yxatini e’lon qildi. Taqiqlangan profil va materiallarning asosiy qismi Telegram messenjeri, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati e’lon qilindi.
2025 yil 8 yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 1 ming 389 ta turli profil, kanal va materiallar kiritilgan. Xususan:
- Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 203 ta profil va materiallar;
- Telegram messenjerida 713 ta kanal, guruh va materiallar;
- Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 226 ta profillar;
- Youtube video-xostingida 135 ta kanal va turli videolar;
- Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida 35 ta profil va materiallar;
- Tik-tok'da 44 ta profil;
- Internet jaxon axborot tarmog‘idagi 13 ta sayt va alohida materiallar;
- 20 ta turli kitob, ma’ruza va nashidalar.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov fuqarolardan «diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan saqlanishni va ulardan yiroq bo‘lish»ni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga ko‘ra, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etganlik uchun – BHMning ikki yuz baravari miqdorida jarimadan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi belgilangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksi 244-3-moddasiga ko‘ra, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatganlik uchun BHMning 100 baravari miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
-
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 14:40
Mavzuga oid

18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

16:30 / 09.12.2024
Umraga noqonuniy yuborgan turoperatorlar javobgarlikka tortildi

19:34 / 27.11.2024
FQB tomonidan eng ko‘p qidirilgan shaxs Buyuk Britaniyada hibsga olindi

15:50 / 15.10.2024