Tadbirda Sind viloyati Investitsiya kengaşining rahbariyati, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, plastik quvurlar va quriliş mahsulotlari, töqimaçilik, fuqaro aviatsiyasi va kargo sohalarida faoliyat yurituvçi kompaniyalarning boşliqlari iştirok etdi.
Iştirokçilar bilan Özbekiston va Pokiston örtasida qayd etilgan sohalarda manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş mexanizmlari va şartlari muhokama qilindi.
Biznes-forum doirasida, şuningdek, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarining investitsion loyiha takliflari taqdimoti ötkazildi, tegişli katalog, broşyura, tizer va boşqa materiallar tarqatildi.
Tadbirkorlar sanoat işlab çiqariş jarayonida işlatiluvçi xom-aşyo va yarim tayyor mahsulotlarni Özbekistondan yetkazib beriş, mamlakatimizda öz faoliyatini yölga qöyişga qiziqiş bildirib, mazkur yönalişdagi jarayonlarni tizimlaştiriş borasida qator takliflarni ilgari surişdi.
"Pokiston va Özbekiston biznes va sanoat doiralari örtasidagi hamkorligini rivojlantiriş böyiça tegişli harakatlar rejasini işlab çiqişga bevosita tadbirkorlarning özlarini va konsultativ tahlil markazlarini jalb qiliş, tomonlarning manfaatini hisobga olgan holda takliflarni şakllantiriş muhim hisoblanadi. Bu albatta körilayotgan çoralarning samaradorligini oşirişga xizmat qiladi", - dedi Pokiston biznes guruhlar taşkiloti raisi Faraz ur-Rehman.
SA Group of Companies rahbari Saman Abid qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va oziq-ovqat sanoatida qöşma loyihalarni amalga oşirişni Karaçi va Özbekiston hududlari örtasida aloqalarni rivojlantirişning yangi yönalişi sifatida qayd etdi.
Roshan Builders and Developers kompaniyasi raisi Vasim ur-Rehman Özbekistonda uy-joy va ijtimoiy komplekslarni qurişda iştirok etiş, developerlik faoliyatini yölga qöyişni rejalaştirayotganini, mahalliy hamkor topilsa, birgalikda işlaş şartlarini kelişişga tayyorligini bildirdi.
Karaçi biznes doira vakillari taşabbusiga köra, tomonlarga maqbul muddatlarda Toşkent yoki Karaçi şahrida biznes-forum va B2B şaklida muzokaralarni taşkillaştirişga kelişildi.








