Uşbu qonun loyihasi bilan qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarni suğurta qoidalariga asosan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda tabiiy ofatlar, yonğin, ösimliklarning kasalliklar va zararkunandalardan talafot körişi, çorva mollarining yuqumli kasalliklardan nobud bölişi va zaharlanişi hamda yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarga zarar yetkazilişi böyiça suğurta şartnomalarini tuziş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, qişloq xöjaligi suğurtasining davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning huquqiy asoslarini belgilaş, qişloq xöjaligi sohasida tavakkalçiliklarini suğurtalaş jarayonida iştirok etuvçi sub’yektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Qişloq xöjaligi suğurtasini amalga oşirişda qişloq xöjaligi suğurtasi jamğarmasini taşkil etiş, jamğarmaning daromadlari va xarajatlari, suğurtalanişi lozim bölgan tavakkalçiliklar, suğurta mukofotlari böyiça subsidiyalar beriş, qayta suğurtani amalga oşiriş, suğurta tovonlarini tölaş, suğurta tizimini töliq raqamlaştiriş hamda sohani davlat tomonidan muvofiqlaştiriş bilan boğliq munosabatlarning huquqiy asoslari ham uşbu qonun loyihasida aks etmoqda.
Majlisda qayd etilişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi bilan mamlakatda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda suğurtalaş tizimi joriy etilib, mahsulot yetiştiruvçilarga qulay şart-şaroitlarni yaratişga imkon beradigan suğurta majburiyatlarini bajariş böyiça tegişli huquqiy munosabatlar tartibga solinadi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi ekinlariga xavf-xatarlar tufayli zarar yetgan hollarda zararning örnini qoplaş hamda qişloq xöjaligi tavakkalçiliklari suğurtasini amalga oşirişning huquqiy asosi yaratiladi.








