Qozoğiston Mehnat vazirligi 2025 yil uçun mamlakat hududida mehnat faoliyatini amalga oşiradigan xorijiy işçi kuçi kvotalarini belgiladi. Bu haqda Zakon.kz yozdi.
2025 yil uçun Qozoğiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiradigan xorijiy işçi kuçini jalb qiliş kvotasi işçi kuçiga nisbatan foizda:
- mahalliy ijro etuvçi organ tomonidan iş beruvçiga berilgan ruxsatnomalar uçun 0,2 foiz miqdorida;
- mehnat migrantlarini jalb qiliş uçun — 3 foiz miqdorida.
Buyruq 2025 yil 17 yanvardan kuçga kiradi.
2024 yilda mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatnomalari uçun umumiy kvota respublikada işçi kuçiga nisbatan 0,23 foiz yoki 22 ming birlik qilib belgilangan edi.
Şu bilan birga, mehnat migrantlarini uy xöjaliklarida işlaşga jalb qiliş kvotasi respublika böyiça işçi kuçiga nisbatan 3,1 foiz yoki 271,3 ming birlik qilib belgilandi.
Qozoğistonda 2024 yil 1 noyabr holatiga köra, mehnat migrantlarining asosiy kelib çiqiş mamlakatlari — Xitoy (4664 kişi), Özbekiston (1230), Turkiya (1150) va Hindiston (1108) hisoblanadi.








