Qozoğiston va Özbekiston suv resurslari idoralari Sirdaryodagi gidropostlarni avtomatlaştiriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
«Umuman olganda, biz barça asosiy gidropostlarni avtomatlaştiriş va suv hisobining töliq şaffofligini ta’minlaşni rejalaştirganmiz. Uşbu masalani biz qirğizistonlik va tojikistonlik hamkasblarimiz bilan bölib ötgan muzokaralarda ham faol ilgari suryapmiz», dedi Qozoğiston Suv resurslari va irrigatsiya vaziri örinbosari Nurlan Aldamjarov.
Avvalroq, Qozoğiston va Özbekiston Sirdaryo havzasida suvni hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimlari örnatiladigan 10 ta joyni aniqlagan edi. Ular mamlakatlar örtasida teng taqsimlangan.
Qayd qilinişiça, hozir tomonlar xalqaro moliya taşkilotlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Loyihaning umumiy texnik şartlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan işlab çiqilmoqda.








