«Özgidromet» 10 yanvar, juma kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...–4 daraja, kunduzi +5...+7 daraja böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...+5 daraja böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...–7 daraja, kunduzi +3...+8 daraja böladi.

Toşkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...–7 daraja, kunduzi +2...+7 daraja böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–5 daraja, kunduzi +4...+9 daraja böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...–7 daraja, kunduzi –4...+2 daraja böladi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...+5 daraja böladi.

Prognozlarga köra, Özbekiston hududi böyiça 2025 yil yanvar oyining birinçi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq şaroit kutilmayapti. Havo harorati yanvar oyi boşi uçun bölgan örtaça köp yillik qiymatlarga yaqin böladi.