Armaniston hukumati 9 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonlarini boşlaş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar beradi Armenia News.
Qonun loyihasini taqdim etgan mamlakat taşqi işlar vaziri Ararat Mirzoyan u Milliy assambleyaga (parlament) kiritilişini ma’lum qilgan va bir qator holatlarni sanab ötgan holda hukumatga «ijobiy pozitsiyani bildirişni» taklif qilgan.
Uning sözlariga köra, sönggi yillarda Armaniston va YeI örtasida «juda jadal va dinamik» munosabatlar yuzaga kelgan. Mirzoyanning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi respublikani siyosiy qöllab-quvvatlaşini va Armanistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaş yölida kömaklaşişga tayyorligini bildirgan.
Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning qöşimça qilişiça, qonun loyihasi «Armanistonning töğridan töğri Yevroittifoqqa a’zoligini bildirmaydi» va bu masala böyiça qaror «faqat referendum orqali qabul qilinişi mumkin». «Qonun qabul qilinganidan keyin biz YeI bilan ular özlari va biz özimiz tasavvur qilgan yöl xaritasini muhokama qilişimiz kerak», — deydi Paşinyan.
Sentyabr oyida Armaniston va Yevropa Ittifoqi vizasiz rejim böyiça muzokaralarni boşlagan edi. YeIga qisqa muddatli safarlar uçun Armaniston fuqarolariga vizasiz rejim joriy etilişini mamlakat hukumati «muhim sohalardagi sezilarli islohot» deb atagan. Muhim masalalar qatorida sayohat hujjatlari xavfsizligi, çegara nazorati, migratsiya va boşpana, korrupsiyaga qarşi kuraş va harakat erkinligi bilan boğliq asosiy huquqlarni hurmat qiliş ham keltirilgan.
Oktyabr oyida Yevroparlamentda çiqiş qilgan Nikol Paşinyan Yevropa Ittifoqini «sönggi yillarda Armaniston hukumatining tub islohotlarini qöllab-quvvatlayotgan asosiy şerik» deb atab, mamlakat «YeIga yaqinlaşişga tayyorligini» bildirgan.








