Jahon | 09:58
1998
3 daqiqa o‘qiladi

Azerbaijan Airlines Bokudan Qozonga parvozlarni to‘xtatdi

Qozon AZAL o‘z samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragach, parvozlarni to‘xtatgan Rossiyaning o‘n birinchi shahri bo‘ldi. Ushbu qadam xavfsizlik masalalari bilan izohlanadi.

Foto: IZVeSTIYa

Azerbaijan Airlines (AZAL) Bokudan Qozonga va ortga parvozlarni noma’lum muddatga to‘xtatdi. 8 yanvar, chorshanba kuni ijtimoiy tarmoq orqali aviatashuvchi o‘z qarorini Qozon ustidagi havo hududi so‘nggi paytlarda muntazam ravishda yopib qo‘yilgani bilan izohladi.

Xabarda aytilishicha, Tatariston poytaxtiga parvozlarni to‘xtatib turish «parvoz xavfsizligini ta’minlash» uchun mo‘ljallangan. «AZAL joriy vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va har qanday o‘zgarishlar haqida yo‘lovchilarni xabardor qiladi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Qozon 2024 yil 25 dekabrda Grozniy osmonida uchuvchisiz uchoq hujumi paytida Embraer 190 samolyoti havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgach va Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchragach, Azerbaijan Airlines parvozlarini to‘xtatgan Rossiyaning o‘n birinchi shahri bo‘ldi. Halokatdan ko‘p o‘tmay AZAL xavfsizlik nuqtayi nazaridan Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Maxachqal’a, Mineralniye Vodi, Nijniy Novgorod, Samara, Saratov, Sochi va Ufaga parvozlarni bekor qildi.

AZAL halokati: tergovning dastlabki natijalari 30 kun ichida e’lon qilinadi

25 dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida ro‘y bergan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokati bo‘yicha tergovning dastlabki natijalari 30 kun ichida e’lon qilinadi. Bu haqda 31 dekabr kuni Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bunday davr «umuman olganda, standartlarga muvofiq».

Lastayevning aytishicha, hozirda tergovning dala bosqichi davom etmoqda — halokat joyida qulagan samolyotning bo‘laklari va boshqa ashyoviy dalillar yig‘ilmoqda. Barcha ashyoviy dalillar Oqtov aeroportidagi maxsus angarda to‘planadi, mutaxassislar u yerda tahlil qiladi.

Qozog‘iston Transport vazirligi, shuningdek, Oqtovga xorijiy ekspertlar, jumladan, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), aviahalokatlarni tekshirish va oldini olish markazi (CENIPA) xodimlari kelgani haqida xabar berdi. Embraer samolyotini ishlab chiqaruvchi davlat - Braziliyaga halokatga uchragan samolyotning qora qutilari mutaxassislar tomonidan ekspertiza uchun yuborildi.

Mavzuga oid