«Bayden Ukraina NATOga qöşilişga haqli deb gapira boşladi. Şu tariqa Rossiya NATOni öz çegaralarida körişi mumkinligini tuşundi. Baydenning bu bayonotlari uruş boşlanişiga sabab böldi», dedi Tramp. Uning fikriça, Bayden ma’muriyati Rossiyani provokatsiya qilgan. Vaşingtondagilarning bunday xatti-harakatlarini körgan Kreml hujumga ötişga qaror qilgan. «Mening prezidentligim mojarolarga töla davrga töğri kelmoqda», deb qöşimça qildi respublikaçi.
Uruşni bir kunda tugatişga va’da bergan Tramp Ukraina va Rossiya örtasidagi uruş hali yanayam yomon holatga kelişi mumkinligini aytdi. «Men prezident bölsam, Rossiya heç qaçon Ukrainaga bostirib kirmasdi», deb maqtandi Tramp.
Bölajak prezident Putin bilan uçraşuvi haqida savolga javob berdi: «Men bu haqda aniq bir narsa deyolmayman. Lekin prezident körişgan bölardi», degan respublikaçi.
Qiziği, Tramp prezidentlikka kirişgaç bir kunda uruşni tugatişga va’da bergandi. Brifingda Tramp uruşni olti oyda tugatişini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Lekin aftidan Tramp bu muddatda uruşni tugatiş haqida aytmagan. Jurnalistlar bu muddatni aytişidan avval Trampdan Putin bilan qaçon gaplaşasiz deb söragan. «Balki sal oldinroqdir. Rossiya juda köp yoşlarni yöqotmoqda, Ukraina ham. Bu uruş umuman boşlanmasligi kerak edi», degan Tramp.
Panama kanali va Grenlandiya
Tramp oxirgi vaqtlarda Panama kanalini qaytib olişi va Grenlandiyani AQŞ tarkibiga qöşib oliş böyiça gapirib keladi. Köpçilik buni jiddiy gaplar emas deb qaraşi mumkin, lekin aftidan respublikaçi bu mavzularda jiddiy gapiryapti. Çunki şu kunlarda öğlini Grenlandiyaga yuborgan Tramp brifingda ham bu fikridan qaytmoqçi emasligini ta’kidladi. Jurnalistlar Trampdan bu fikringizdan qaytasizmi deb söraşdi.
«Yöq, bunaqa va’da berolmayman. Bir narsani aniq ayta olaman: bu hududlar bizga hududiy va iqtisodiy xavfsizlik uçun kerak. Daniya dunyo tinç bölişi uçun öz hududini Vaşingtonga böşatib berişi kerak. Xususan, Xitoy va Rossiya kemalaridan xoli tinçlik uçun», degan Tramp.
Daniya boş vaziri Mette Fredriksen AQŞni mamlakatning eng yaqin ittifoqçisi deb atadi. Şuningdek, AQŞ Grenlandiyani qöşib oliş uçun harbiy va iqtisodiy bosim ötkazmasligini qöşimça qildi.
Tramp oxirgi vaqtlarda Kanadani AQŞning 51-ştatiga aylantiriş haqida köp gapiryapti. Kanada boş vazirligidan ketgan Jastin Tryudo esa buning imkoni yöqligini aytib çiqdi. «Buning heç qanday iloji yöq. Mamlakatimiz işçilari biz yaqin hamkor ekanimizdan mamnun. Kanadaliklar kuçli insonlar, biz tahdidlardan qörqmaymiz», dedi Tryudo.







