Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Ğazodagi vaziyat

Isroilning Ğazo sektoridagi davomli aviazarbalari natijasida önlab falastinliklar hayotdan köz yumdi.

Xon Yunus şahridan janubroqdagi Jizan Raşvan tumanidagi hujumlar natijasida 10 kişi hayotdan köz yumgan. Xon Yunusning Manara köçasida harakatlanayotgan avtomobilga uyuştirilgan hujumi tufayli 2 kişi halok bölgan. Zaytun tumanida esa 5 nafar jabrlanuvçining tanalari vayronalar ostidan topilgan, yana 4 kişi qidirilmoqda.

Ğazo markazidagi Bassa tumaniga qilingan hujumlar natijasida yana 3 falastinlik halok bölgani töğrisida «Al-Aqso şahidlari» kasalxonasi ma’lum qildi.

Isroil armiyasi Burayj qoçqinlar lageridagi Vişaxlar oilasining uyini vayron qilgan.

460 kundan buyon davom etayotgan qamal minglab odamlarni boşpanasiz qoldirib, yostiğini quritmoqda.

Ğazo sektoridagi qamal sababli 35 kunlik çaqaloq Yusuf Qulub sovuqdan halok böldi. Sönggi kunlar içida sovuqdan halok bölgan gödaklar soni 8 ga yetdi.

BMTning UNRWA agentligi: «XXI asrda bolalar sovuqdan halok bölmasligi kerak», — deb ta’kidlaşdan boşqa çora topa olmayapti.

Ğazo sektorida Isroil hujumlari natijasida halok bölgan falastinliklar soni 45 ming 936 nafarga yetgan, şundan 17 ming 800 nafari bolalardir. Hujumlar davomida 109 mingdan ortiq kişi jarohat olgan.

Suriyada uzoq muddatli barqarorlik rejalari

BMTning Humanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi vakili Yyens Lerke Suriyada uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlaş uçun mablağ va sa’y-harakatlarni sarmoyalaş muhimligini ta’kidladi.

Uning sözlariga köra, humanitar taşkilotlar uçun asosiy ustuvor vazifa — aholining muhim ehtiyojlarini qondiriş: oziq-ovqat, turar joy, tibbiy xizmat, içimlik suv va boşqa asosiy ehtiyojlarni ta’minlaşdir.

Lerke şuningdek, suriyaliklarning asosiy xizmatlarga, jumladan, elektr energiyasiga ulanişini tiklaş va ularning daromad manbalarini yaratişga kömaklaşiş zarurligini qayd etdi.