«Sijjak» dam oliş maskani Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi dam oliş zonalari va bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari röyxatiga kiritildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024 yil 27 dekabrda qabul qilingan qarorda belgilab qöyilgan.

Uşbu dam oliş maskani Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Sijjak mavzesidagi «Sarboğ» mahallasida joylaşgan va birinçi prezident Islom Karimovning qizi Gulnoraga tegişli edi. Maskan 2017 yilning 10 fevralida Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan. Dastlab u Özbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinçalik foydalanişga berildi. Söngra auksion orqali sotuvga qöyildi.

5,38 gektar hududni egallagan va 70 milliard sömga baholangan obekt 2021-2022 yillarda bir neça bor sotuvga qöyilgan.

2023 yil 14 iyundagi prezident farmoniga köra, «Sijjak» dam oliş maskani xususiylaştiriladigan obektlar röyxatidan çiqarilib, 124-maktab-internatning balansida saqlanayotgan edi.