Özbekiston Markaziy banki firibgarlikka qarşi kuraşiş maqsadida bir şaxsda bölişi mumkin bölgan bank kartalari soniga çeklovlar joriy qildi. Regulyatorning qayd etişiça, bu masala qonunçilik darajasida hal etilmagan va şuning sababli ba’zi fuqarolar 100dan ortiq kartaga ega bölgan holatlar mavjud. Yangi vaqtinçalik tartibga köra, endilikda fuqarolarga bitta bankda beştagaça kartaga ega bölişga ruxsat beriladi va umumiy kartalar soni, jumladan, virtual kartalarni ham qöşib hisoblaganda, 20 tadan oşmasligi kerak. Mazkur çeklovlar xorijiy valutadagi kartalar uçun amal qilmaydi.
Şu bilan birga, bu çeklovlarning maqsadga muvofiqligi haqida bir neçta savollar mavjud. Bunday çeklovlar köplab iqtisodiy, ijtimoiy va biznes tizimlariga salbiy ta’sir qilişi mumkin.
Tölov kartalari iqtisodiyotda juda muhim rol öynaydi, çunki ular iste’molni rağbatlantiradi, kreditlar, sodiqlik dasturlari va bonus tizimlari orqali foydalanuvçilarni qöllab-quvvatlaydi. Biroq, bank kartalarini çiqarişdagi çeklovlar, ayniqsa hududlarda tölov imkoniyatlarini murakkablaştirişi, naqd pul infratuzilmasi yukini oşirişi mumkin.
Ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlar
Mazkur çeklovlar natijasida kiçik va örta biznes, ayniqsa, xizmat körsatiş sohasi, naqd pulsiz hisob-kitoblarga örganib qolgan mijozlarining bir qismini yöqotişi mumkin. Bu daromadlarning pasayişiga, naqd pul bilan muomala qiliş xarajatlarining oşişiga va raqobatbardoşlikning pasayişiga olib keladi. Şuningdek, naqd pulsiz tölov innovatsiyalarini işlab çiqayotgan moliyaviy xizmatlar va fintex kompaniyalari ham qiyinçiliklarga duç kelişadi.
Bunday çeklov firibgarlikka qarşi kuraşda qançalik samara berişi savol ostida qolmoqda. Çunki naqd pul ham öğrilanişga moyil va kartalarni çeklaş faqatgina xavfsizlikni kuçaytiriş va suğurtaga ehtiyojni, şuningdek, qöşimça pul mablağlarini boşqariş xarajatlarini oşirişi mumkin. Bundan taşqari, kartalar muomalasiga qöyilgan çeklovlar iqtisodiyotni raqamlaştirişning muhim elementi bölgan elektron biznes va onlayn tölovlarga salbiy ta’sir körsatadi.
Xalqaro tajriba
Xalqaro tajribaga köra, kartalarni çiqariş va işlatişda deyarli heç qanday çeklovlar mavjud emas. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida banklar bir mijoz uçun bir neçta debet kartalarini çiqariş imkoniyatini taklif qiladi, agar ular turli tizimlarga tegişli bölsa (Visa, Mastercard) yoki har xil turdagi (masalan, standart va premium) bölsa. AQŞda ham mijozlar bir bankdan bir neçta debet kartalarini olişlari mumkin, ayniqsa, turli hisoblarga tegişli bölsa.







