8 yanvar kuni tuşdan söng Qamçiq dovonidagi zaxira yölning taqiqlangan qismiga qorda uçiş uçun sayohat qilgan guruh bilan fojia yuz berdi.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, guruhda jami 8 kişi bölgan, ulardan biri – 31 yoşli fuqaro yölning çetroq qismida selfi qilayotgan vaqtda yiqilib tuşgan. Yordam bermoqçi bölgan yana bir şerigi uning oldiga tuşgaç, ularning ustidan bir neça metrlik qor uyumi bosib qolgan. Natijada fuqarolar vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatni Kun.uz'ga tasdiqladi.

Ma’lum bölişiça, holat Toşkent-Andijon-Öş avtomobil yölining 141-kilometrida sodir bölgan. Uşbu hudud zaxira yöl bölib, faqat maxsus texnikalar uçun harakatlaniş mumkin bölgan. FVV qutqaruvçilari şeriklarining çaqiruvidan söng darhol yetib borgan. Hozirda jasadlar olib çiqilgan.