Zaporijjya şahriga 8 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan ötganda hujum qilingan. Tarqalgan videolarga köra, zarba piyodalar va transport gavjum böladigan köçaga berilgan.
Oskolkalar tramvayga va içida yölovçilar bölgan marşrutdagi taksiga tuşgan. Bundan taşqari, atrofda qöyilgan avtomobillar şikastlangan.

Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning ma’lumotiga köra, Rossiya aviatsiyasi şahar markaziga ikkita boşqariluvçi aviabombalar bilan zarba yöllagan. Ukraina IIV zarbalar universal rejalaştiriş va tuzatiş moduliga ega FAB-500 aviabombalari bilan berilganini ma’lum qilgan.
Rasmiylarning sönggi ma’lumotlariga köra, 13 kişi halok bölib, yana 63 kişi jarohatlangan. Avariya-qutqaruv işlari yakunlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, yaralanganlar orasida yoş bola ham bor — 13 yoşli qiz şifoxonaga yotqizilgan, uning holati örta oğirlikda deb baholanmoqda. Jabrlanganlardan kamida tört nafarining ahvoli oğir.

Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Rossiya bombalari aynan qayerga tuşganiga aniqlik kiritmagan, ammo Zaporijjyaning Şevçenkovo rayoni hujumga uçraganini aytgan.
Bu rayonda boşqa obektlar qatori Ukrainadagi yetakçi mudofaa korxonalaridan biri, vertolyot va samolyotlar uçun dvigatellar işlab çiqariladigan «Motor-Siç» zavodi joylaşgan.
Fedorovning sözlariga köra, 9 yanvar Zaporijjyada motam kuni deb e’lon qilinadi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy halok bölganlar va yaralanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, Rossiyaga bosim ötkazişga çaqirgan.
«Şaharga ataylab zarba berildi», — deya izoh taqdim etdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hujumiga. «Rossiyaga terror uçun bosim ötkaziş kerak. Ukrainada insonlar hayotini himoya qilişni qöllab-quvvatlaş kerak», deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina ombudsmeni Dmitro Lubinets ham uşbu hujumga munosabat bildirgan. U şahar öqqa tutilişini harbiy jinoyat deb atab, xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar qöllaş hamda Ukrainaga köproq havo hujumidan mudofaa vositalari berişga çaqirgan.










