Turkiya Suriyadagi kurd qöşinlari prezident Başar Asad ağdarilganidan söng hokimiyatni «qonsiz» özgartiriş böyiça Anqaraning şartlarini qabul qilmasa, ularga qarşi harbiy operatsiya boşlaş bilan tahdid qildi. Turkiya taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan 7 yanvar, seşanba kuni CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida, agar kurd qöşinlari Anqara talablariga rozi bölmasa, ehtimoliy harakatlarni izohlar ekan, «kerak bölgan işni qilamiz», dedi.

Bu aniq nimani anglatişi mumkin degan savolga Fidan: «Harbiy operatsiya», deb javob berdi.

Turkiya AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Suriya demokratik kuçlari (SDF) yetakçiligidagi YPĞni Turkiya davlatiga qarşi köp yillar davomida qurolli kuraş olib borgan Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) bilan aloqador terrorçi taşkilot deb biladi.

Kurdlarning qamoqdagi yetakçisi öz guruhini qurollarni taşlaşga çaqirmoqçi

Turkiyaning Imrali orolidagi qamoqxonada umrbod qamoq jazosini ötayotgan Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) yetakçisi Abdulla Öjalan KIPni qurollarini taşlaşga çaqirişga tayyor. Bu haqda kurdparast Tenglik va demokratiya turk xalq partiyasi (DEM) ikki deputatining 29 dekabr kuni bergan bayonotiga tayanib, Reuters xabar qildi.

Murojaatda Öjalan öz partiyadoşlariga qanday şaklda murojaat qilişi mumkinligi aniqlaştirilmagan.

Öjalanning bayonotidan oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning partiyasini qöllab-quvvatlovçi Turkiyaning MHP partiyasi yetakçisi tegişli çaqiriq bilan çiqdi. U kurd rahbarini ozod etilişi evaziga Kurdiston işçilar partiyasini qurolli qarşilikni töxtatişga çaqirişni taklif qildi. Erdöğan bu taklifni «tarixiy imkoniyatlar oynasi» deb atadi.

«Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) guruhi yetakçisi, Abu Muhammad al-Juloniy nomi bilan tanilgan Ahmad al-Şara Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Suriyadagi ötiş davri hukumati Suriya kurdlar demokratik kuçlari (SDK) bilan jang qiliş niyatida emasligini aytdi: «Suriya şimoli-şarqidagi inqirozni hal qiliş uçun SDK bilan muzokaralar olib borilmoqda». Siyosatçining sözlariga köra, Damaşqdagi yangi hokimiyatning maqsadi SDKni Suriya qurolli kuçlari tarkibiga qöşişdir.

Xş yetakçisi kurdlar Suriya davlatining ajralmas qismi ekanligi haqidagi fikri bilan örtoqlaşdi va mamlakatni bölib taşlaş rejalarini rad etdi. «Suriyaning bölinişi bölmaydi», deb işontirdi u. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, yangi hokimiyat Suriyaning KIP uçun platsdarm bölişiga yöl qöymaydi.