Prezidentning “Özbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Qişloq xöjaligi yerlaridan samarali foydalaniş va aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlaş maqsadida:
- paxta va ğalla maydonlarini qisqartirişdan böşagan kamida 100 ming gektar yer maydonlarini ijaraga beriş orqali 200 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi;
- tuproq agrokimyoviy tahlillarini ötkaziş maqsadida 100 ta portativ-mobil laboratoriyani xarid qiliş ta’minlanadi;
- organik qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriladigan yer maydonlari 10 ming gektarga yetkaziladi.
Mazkur bandning ijrosini ta’minlaşga mas’ul etib qişloq xöjaligi vaziri – I.Abdurahmonov belgilanadi.








