9 yanvar, payşanba kuni Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi manbalarga tayanib yozişiça, AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş böyiça öz yondaşuvini qayta körib çiqmoqda.
Naşr sönggi haftalarda Tramp jamoasi bilan uruşni tugatiş ehtimolini muhokama qilayotgan Yevropa rasmiylari bilan suhbatlaşdi. Ularning sözlariga köra, muzokaralar davomida AQŞ saylangan prezidentining ittifoqçilari bu mojaroni qanday hal qiliş böyiça hali qaror qabul qilmagani ma’lum böldi.
«Trampning butun jamoasi kuçga berilgan, kuçli körinişga ega bölişni öylayapti, şuning uçun ular Ukrainaga bölgan munosabatini qayta körib çiqmoqdalar», dedi FT manbalaridan biri. Kelajakdagi Tramp ma’muriyati Ukraina böyiça qarorlari AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden davrida Amerika qöşinlarining Afğonistondan «halokatli» olib çiqib ketilişi bilan soliştirilişi mumkin, deb xavotirda, deya qöşimça qildi u.
Tramp endi uruşni uç oy içida hal etişga umid qilmoqda
Donald Tramp va uning hamkorlari, deya ta’kidlaydi FT, sönggi kunlarda Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş AQŞning saylangan prezidenti inauguratsiyasidan keyin bir neça oy içida qanday yakunlanişi mumkinligi haqida gapirmoqda. Saylov kampaniyasi davomida Tramp mojaroga «24 soat»da barham berişni va’da qilgan edi.
Endi Tramp yaqin olti oy içida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borişini taxmin qilmoqda. Öz navbatida, saylangan prezident tomonidan Ukraina va Rossiya böyiça maxsus elçi lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Kit Kellog Tramp «yaqin kelajakda» uruşni tugatiş uçun «maqbul yeçim» taklif qila olişini aytdi. Kellogga köra, bunda 100 kunlik muddat belgilanişi mumkin.
AQŞ Ramştaynda Ukrainaga yangi yordam paketini e’lon qiladi
AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Pentagon rahbari Lloyd Ostinning Ramştayndagi Ukraina böyiça aloqa guruhida iştirok etiş uçun Germaniyaga taşrifi doirasida Kiyevga sönggi harbiy yordam paketini e’lon qilmoqçi. Bu haqda 7 yanvar kuni ikki yuqori martabali amerikalik amaldor sözlariga tayanib, AP axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoşlari yordam paketining aniq miqdorini aytmadi va bu «sezilarli» bölişini ta’kidladi. Ayni paytda, rasmiylarga köra, u Ukrainaga yordam uçun Kongress tomonidan tasdiqlangan mablağning bir qismi sifatida qolgan taxminan 4 milliard dollar miqdoridagi barça mablağni öz içiga olmaydi. Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning mudofaa guruhi ixtiyorida «bir neça milliard dollar» qolişi mumkin, dedi AQŞ ma’muriyati rasmiylari Lloyd Ostin bilan safarga ketayotgan jurnalistlar uçun brifingda.








