«Özbekiston Respublikasi hududida çiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan boğliq nazoratni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, quyidagilar tasdiqlandi:
- Özbekistonga import qilinişi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va çiqindilar röyxati;
- Özbekistonga olib kirilişi taqiqlangan ösimliklarni himoya qiliş vositalari va boşqa turğun organik ifloslantiruvçi moddalar röyxati;
- Import-eksport qilinişi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlaştiriş lozim bölgan xavfli mahsulotlar hamda çiqindilar röyxati.
Özbekiston hududiga belgilangan çiqindilarni qayta işlaş va utilizatsiya qiliş uçun olib kiruvçilar quyidagilarga ega bölişi şart:
- Çiqindilarni mustaqil ravişda töliq utilizatsiya qiladigan, qayta işlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvçilar – çiqindilarni utilizatsiya qiliş, qayta işlaş yoki takroriy foydalaniş jarayonlarining atrof-muhitga ta’sir körsatişi töğrisidagi bayonot loyihasi böyiça davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga;
- Çiqindilarni mustaqil ravişda töliq utilizatsiya qilişi, qayta işlaş yoki ulardan takroriy foydalaniş imkoniyatiga ega bölmagan import qiluvçilar – mazkur çiqindilarni topşiriş yoki realizatsiya qiliş yuzasidan çiqindilarni utilizatsiya qiliş va qayta işlaş bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar bilan tuzilgan şartnomaga.
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.







