«Real» yangi yilda uçinçi öyinini ötkazdi. Va navbatdagi sovrin uçun qadam taşladi.
«Real» — «Malyorka» 3:0
Gollar: Bellinghem (63), Valent (90+2, avtogol), Rodrigo (90+5).
«Real» – Kurtua, Mendi, Ryudiger, Tçuameni (Asensio, 55), Vaskes, Kamavinga, Valverde (Seballos, 75), Bellinghem, Vinisius (Dias, 88), Rodrigo, Mbappe.
«Malyorka» – Greyf, Moxika, Raillo (Kopete, 34), Valent, Maffeo, Darder (Asano, 71), Maskarel, Morlanes (Samu Koşta, 70), Dani Rodriges (Prats, 81), Larin (Navarro, 70), Muriki.
Ogohlantirişlar: Bellinghem (66), Kamavinga (74).
«Real» raqibni ilk daqiqalardanoq kuçli bosim ostida qoldirdi. Töpga egalik qiliş böyiça total ustunlik, kuçli pressing, raqib darvozasi atrofidagi keskinlik. «Malyorka» bu daqiqalarda faqat himoyalandi va hujumga çiqişni faqat orzu qila oldi. Lukas Vaskesning yaxşi pozitsiyadan yöllagan zarbasi haddan taşqari kuçlilik qildi va yuqoridan ötib ketdi, Rodrigoning zarbasidan keyin darvozabon Dominik Greyf jamoasini goldan qutqarib qoldi, Kilian Mbappe ham töpni tösin yuqorisidan oşirib tepdi. Bu voqealarning barçasi hakamning öyin boşlangani haqidagi huştagi çalinganidan keyingi sakkiz daqiqa içida bölib ötdi.
Keyinroq ham Greyf Orelen Tçuameni va Jud Bellinghemning zarbalaridan keyin özini körsatişiga töğri keldi. Şundan keyingina «Malyorka» nisbatan dadilroq harakat qila boşladi. Heç bölmaganda maydonning raqib darvozasi tomonidagi qismiga köproq öta boşladi. Va xavfli vaziyat ham yaratildi, ammo Kayl Larin istiqbolli qarşi hujumni xato zarba bilan yakunladi.
Pablo Maffeo va Vinisius Juniorning qarama-qarşiligi alohida e’tiborga molik. «Malyorka» himoyaçisi muntazam ravişda braziliyalikka provokatsiya qildi va uni izdan çiqarişga urindi. Öyinga bir neça kun qolganida Pablo hazillaşib, agar ringda boksga tuşişsa, Vinisiusni 10 soniya içida nokaut qilişini aytgandi. Öyinning birinçi bölimida Maffeo va Vinisius doimiy ravişda gap talaşişdi va barmoqlarini labga qöygan holda bir-birini tilini tiyişga çaqirdi.
Epizodlardan birida braziliyalik vinger raqibining kökragiga ohista tegib qöydi, u esa darhol gazonga yumalab, dahşatli oğriq his qilayotgandek körsatdi. Bu öyinda hakamlar brigadas VAR aralaşuvisiz işlaşdi – Mbappe «Malyorka» jarima maydonida yiqilganida ham.
Jamoalar tanaffusga golsiz yöl olişdi. «Real» öyinning 67 foiz vaqtida töpga egalik qildi, 15 bor zarba berdi (beştasi — darvoza sohasiga töğri bordi), beş marta burçak zarbasini amalga oşirdi va xG böyiça 1,12 körsatkiçini qayd etdi. «Malyorka» esa olti bor zarba berdi, ammo bu zarbalarning birortasi darvoza sohasiga töğri bormagan. Qolaversa, Antonio Railo jarohat olib, birinçi bölimdayoq almaştirildi.









