Qozoğiston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovuşi oqibatida yöllarda harakatlaniş bilan boğliq noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
«Magistral yöllarda kuçli qor böronlari hamda muzlaş holatlari kuzatilmoqda. Bu esa avtoyöllarda harakatlanişda qiyinçiliklar keltirib çiqarmoqda», deyiladi xabarda.
Migratsiya agentligi qöşni davlatda bölib turgan Özbekiston fuqarolariga yöllarda harakatlanişda barça xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişni, harakatlaniş uçun poyezd yoki samolyotni tanlaşni, zarurat bölmaganda uzoq masofali yöllarda transport vositalarida harakatlanmay turişni tavsiya qilgan.








