2024 yil noyabri oxirida Suriyada muxolifatçilarning qurollangan kuçlari Halabga yuriş boşlagandi. Katta ehtimol bilan, ularning özi ham yakunda erişgan natijasini kutmagandi: ikki haftadan kamroq vaqt içida, 8 dekabrga kelib ular Damaşqqa kirişdi, Suriyaning 24 yil boşqargan diktator Başar Asad esa Rossiyaga qoçdi. Bir oy ötib ham mamlakat hali inqilob şokidan çiqiş holatida. Hokimiyatga kelgan kuçlar mö’tadil va tolerant bölişga, fuqarolik uruşi qaytadan boşlanişiga yöl qöymaslik uçun barça bilan kelişişga harakat qilmoqda. Hozirça ular buni uddalamoqda, ammo hali köp qiyinçiliklar oldinda. Meduza şu mavzuni tahlil qildi.

Asadni ağdarişda hal qiluvçi işni bajargan «Hay’at Tahrir aş-Şom» guruhi rahbari Ahmad al-Şar’a endi Abu Muhammad al-Jölaniy taxallusidan voz keçgan. Ötgan bir oy içida u qiyofasini tubdan özgartirdi — va bu özini «qaytadan kaşf qiliş»ning taşqi ifodasi edi.

Bir neça yil oldinroq u sallasini yeçdi — bu uning «Al-Qoida» bilan aloqalarni uziş ramzi bölgandi. Endi esa militarini pidjakka almaştirdi va hatto galstuk taqib oldi — Yaqin Şarq dunyosida bu dunyoviylikni tan oliş ramzidir.

Rasman Şar’a heç qanday lavozimni egallamagan, ammo amalda davlat rahbari hisoblanadi: u eng muhim qarorlarni qabul qiladi va e’lon qiladi, siyosatni yuritadi, Suriya içkarisidagi muhim kuçlar hamda xorijiy davlatlar bilan muzokaralar olib boradi.

Suriyada keskinlik çiziqlari köp: musulmonlar — xristianlar, sunniylar — alaviylar, turkparast kuçlar — kurdlar, dindorlar — dunyoviylar, jihodçilar — mö’tadillar. Bu jamoalardan har birining ortida bir yoki bir neça qurollangan guruh turadi. Bunga suriyaliklar va mamlakatdagi vaziyatga öz ta’sirini ötkazmoqçi böladigan boşqa davlatlarni qöşiş mumkin — bu yerda Turkiya ham, Qatar ham, Saudiya Arabistoni ham, Eron ham, va albatta, ğarb davlatlari ham bor. Şuningdek, suriyaliklar inqilobiy kuçlar saflarida jang qilgan xorijliklar örtasidagi keskinlik — xorijliklar orasida arablar köpçilikni taşkil etadi, ammo Markaziy Osiyo va Kavkazdan kelganlar ham kam emas.

Şar’aning birinçi galdagi vazifasi — yangi fuqarolik uruşi boşlanişiga yöl qöymaslikdir. Köplab guruhlar umumiy duşman — Başar Asadga qarşi birlaşgandi, ammo endi bu omil yöq. Şar’a qurolli guruhlarni tarqatib yuborişga va ulardan yagona Suriya armiyasi tuzişga intilmoqda. Guruhlarning köpçiligi bunga rozi — heç bölmaganda oğizda. Amalda ularning ayrimlari dekabrning katta qismini bir-biri bilan jang qilib ötkazdi.