Odiljon Bastamquloviç Bastamqulov UzAuto Motors AJ boş direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma’lumot berildi.
Qayd qilinişiça, Bastamqulov doimiy direktor tayinlangunga qadar kompaniyaga rahbarlik qiladi. Ilgari u avtomobil oynalari işlab çiqaruvçi «Avtooyna» korxonasini boşqargan.
Bunga qadar UzAuto Motors kompaniyasini şvetsiyalik Bo Andersson boşqargan va 2024 yil dekabrida lavozimini tark etgan edi. U Yaponiyaning Sanoh Industrial kompaniyasiga işga joylaşdi.








