AQŞ prezidentligidan ketayotgan Jo Bayden 15 yanvar kuni millatga xayrlaşuv murojaati bilan çiqadi. Uning Oval kabinetdan çiqişi mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga (Toşkent vaqti bilan 16 yanvar 4:00) rejalaştirilgan, deb xabar berdi Oq uy rasmiy sayti 10 yanvar, juma kuni.

Press-relizda tafsilotlar keltirilmagan, ammo xayrlaşuv nutqi AQŞda lavozimini tark etayotgan prezidentlar uçun an’anaga aylangan. Şu tariqa, noyabr oyida bölib ötgan prezidentlik saylovlarida Oq uy rahbari etib saylangan Donald Tramp birinçi prezidentlik muddati yakunida xayrlaşuv nutqining katta qismini öz ma’muriyati siyosatining muvaffaqiyatlari deb hisoblagan jihatlarga bağişladi. Xususan, Tramp «birorta ham uruş boşlamaganini», biroq ayni paytda Xitoyga töqnaş kelganini va «AQŞning boşqa davlatlar bilan ittifoqlarini tiklaganini» aytdi.

10 yanvar kuni Jo Bayden AQŞ prezidenti sifatidagi sönggi suhbatlaridan birini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ötkazdi. Zelenskiyning sözlariga köra, Bayden «Ukraina mustaqilligini saqlab qoliş va himoya qiliş butun Yevropa va demokratik dunyo uçun muhim» ekanini yana bir bor ta’kidladi. Uning millatga xayrlaşuv murojaatda ham şu mavzuga töxtalişi kutilmoqda.

Avvalroq Jo Bayden AQŞ yetakçisi sifatida Yevropa Ittifoqiga sönggi safarini bekor qilgandi — uning Italiyaga taşrifi 9-12 yanvar kunlariga möljallangan edi. Bunga Kaliforniyada davom etayotgan keng kölamli yonğinlar sabab böldi, Baydenning özi mahalliy qutqaruvçilar bilan uçraşgandan söng uni mintaqa tarixidagi eng dahşatlisi deb atadi.