Janubiy Koreyaning Muan aeroportida halokatga uçragan Jeju Air samolyotining ikkala registratori (qora qutilari) ham parvozning sönggi daqiqalarida işlamagan. Koreya transport vazirligining ma’lum qilişiça, qora qutilar halokatga tört daqiqa qolganda yozib olişni töxtatgan, deb xabar berdi Yonhap.
Qayd qilinişiça, samolyot soat 9:03 da halokatga uçragan bölsa, ikkala registrator soat 8:59 da ma’lumotlarni yozib olişni töxtatgan. Parvozning sönggi daqiqalaridagi ma’lumotlar yöqligi halokat tergovini qiyinlaştiradi. Biroq, agentlik ta’kidlaganidek, «qora qutilar» tergovçilar uçun yagona manba emas.
«Tergov turli axborot manbalarini, jumladan, havo harakatini boşqariş yozuvlari, halokatga oid video tasvirlar va voqea joyidagi qoldiqlarni tahlil qilişni öz içiga oladi», deb tergov guruhi sözlaridan iqtibos keltirdi Yonhap.
Boeing 737-800 samolyotining «qora quti»lari hozir Vaşingtonda tahlil qilinmoqda.
Bangkokdan uçgan Jeju Air samolyoti 2024 yil 29 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Muan aeroportiga qönayotgan vaqtda halokatga uçradi. Samolyot beton konstruksiyaga urildi va yonib ketdi. Hodisa oqibatida bortdagi 181 kişidan 179 nafari halok böldi. Faqat ikki ekipaj a’zosi tirik qolgan. Fojia qurbonlar soni böyiça Janubiy Koreya tarixidagi eng halokatli hodisa böldi.








