Britaniyalik aktyor Jud Lou fransuz rejissyori Olive Assayasning «Kreml sehrgari» filmida Vladimir Putin rolini ijro etadi. Louning uşbu filmdagi iştiroki avvalroq ma’lum bölgan, biroq u 9 yanvar, payşanba kuni çop etilgan Amerikaning Deadline naşriga bergan intervyusida öz personajini ma’lum qildi.

Assayasning filmi italyan yozuvçisi Juliano da Empolining 2022 yilda çop etilgan xuddi şu nomdagi kitobi asosida suratga olinyapti. Siyosiy triller voqeasi 1990-yillarda Rossiyada bölib ötadi va öylab topilgan qahramon, teleprodyuser Vadim Baranov haqida hikoya qiladi. U hali prezident bölmagan Vladimir Putinning siyosiy texnologiga aylanadi.

Lou bilan kartinada Pol Dano, Alisiya Vikander va Zak Galifianakis birga rol ijro etadi, ularning qahramonlarining ismlari oşkor etilmagan. Film haqida 2024 yil boşida e’lon qilingan, ammo uning çiqiş sanasi haqida ma’lumot yöq. Louning sözlariga köra, u hali rol ustida işlaşni boşlamagan: "Ya’ni, men boşladim, lekin hozir bu xuddi Everestga kötarilişdek gap".

Kremlning taşviqot böyiça «sehrgari»

Vadim Baranovning film va kitobdagi prototipi Putinga yaqin bölgan rasmiy Vladislav Surkov hisoblanadi. Faoliyatining boşida Surkov reklama bilan şuğullangan, ammo 1992 yil mart oyida u jamoatçilik bilan aloqalar böyiça hukumat apparatining maslahatçisi böldi. 1999 yilda Surkov Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati rahbarining örinbosari etib tayinlandi va Putin davlat rahbari lavozimiga kirişgaç, u özining şaxsiy yordamçilari qatoridan joy oldi.

Boşqa narsalar qatorida, Surkov «Yagona Rossiya» partiyasi va 2011-2013 yillarda Rossiya Federatsiyasida norozilik namoyişlari tölqinining oldini olişga harakat qilgan kremlparast «Naşi» Rossiya yoşlari harakatini yaratişda iştirok etgani bilan maşhur. Uning familiyasi, şuningdek, Rossiya Federatsiyasining siyosiy hayotidagi taniqli ibora, «Surkov propagandasi» bilan boğliq.

Ukraina Boş prokuraturasining ma’lumotlariga köra, 2013 yil oxiri — 2014 yil boşida mamlakatda Yevromaydan deb nomlangan davrda Surkov bir neça bor Kiyevga taşrif buyurgan, u yerda keyinçalik Rossiya Federatsiyasiga qoçib ketgan Viktor Yanukoviç bilan uçraşgan va Kreml uçun norozilik aksiyalarini taşkil etiş haqida ma’lumot töplagan. 

2014 yildan beri Vladislav Surkov AQŞ va boşqa bir qator Ğarb davlatlari tomonidan sanksiyalar ostida.