1972 yil dekabr oyida AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden hayotida ayançli voqea sodir böladi. Avtohalokat tufayli xotini va qizidan ayriladi. Ikki öğli esa uzoq vaqt davolanadi. Öşanda u endigina senator bölib saylangandi.

2024 yil 5 noyabr kuni AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovi bölib ötdi. Unda amaldagi prezident Demokratlar vakili Jo Bayden qatnaşmadi.

Çunki u avvalroq öz örnini partiyadoşi Kamala Harrisga böşatib bergandi. Harris esa saylovda Respublikaçilar vakili Donald Trampga yutqazib qöydi.

Baydenning bu saylovda öz nomzodini olişi uning uçun fojia emas. Çunki hozir 82 yoşda bölgan qariya ta’bir joiz bölsa, yölida töğri yura olmayapti.

U şu paytgaça bir neça marta samolyotga çiqişda yoki tuşişda tanasini boşqara olmay yiqildi. Nutqlarida adaşdi. Qisqasi, Bayden ança keksayib qoldi.

2024 yil noyabr oyi oxirroqlarida AQŞ prezidenti Jo Bayden bir neçta jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan öğli Hanter Baydenni afv etdi.

Agar prezident öğlini afv etmaganda u 25 yilga qamalişi mumkin edi. Uning bu işi amerikaliklarning noroziliga sabab böldi. Biroq qaror çiqarib bölingandi.

Jo va Hanter Bayden

Baydenning hayotida yutuqlar va mağlubiyatlar köp marta bölgan. Biroq 1972 yilda sodir bölgan hodisa uning hayotini bir umrga özgartirib yuboradi.

Öşanda Baydenning xotini va qizi yöl-transport hodisasi tufayli halok böladi. Aynan u afv etgan Hanter va 2015 yilda vafot etgan yana bir öğli öşa hodisada tan jarohatlari olib, tirik qolgandi.

Jo Bayden 1942 yil 20 noyabr kuni Pensilvaniya ştatidagi Skrantone şahrida tuğilgan. Baydenning ota ajdodlari angliyalik, onasi tomon irlandiyaliklar bölgan.

1966 yilda Bayden Neyliya Hanterga uylanadi. Şundan söng xotini uning familiyasiga ötadi. Neyliya Hanter Jo Bayden bilan tengdoş bölgan.

Baydenlar oilasi uç nafar farzand köradi. Tönğiçi Jozef (Bo) Bayden, örtançasi Hanter Bayden va Naomi Bayden. Ayol kenja öğliga otasining ismini qöygandi.