Norvegiya hukumati 10 yanvar kuni developerlar (yangi köçmas mulk obektlarini quriş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar) zimmasiga yangi binolarda bombapanagohlarni ham quriş majburiyatini yuklaşni rejalaştirmoqda, deb xabar beradi NRK teleradiokompaniyasi.

«Atrofimizda noaniqliklar ortib bormoqda. Biz mamlakat aholisi haqida qayğurişimiz va uruş yoki qurolli hujum kabi yomon ssenariyni ham körib çiqişimiz kerak», — deydi adliya va jamoat xavfsizligi vaziri Emili Mel.

Bunday talablar maydoni ming metr kvadratdan oşadigan binolarga nisbatan qöllanadi. Panagoh ikki xil böladi: birinçisi kimyoviy va radioaktiv moddalardan, ikkinçisi esa oddiy qurollardan himoyani ta’minlaş kerak.

Norvegiyada 1998 yilga qadar har qanday yirik turar joy kompleksida bombapanagoh bölişi talab etiladigan qonunçilik normasi amalda bölgan. U bekor qilinganidan keyin mamlakatda birorta ham yangi bombapanagoh qurilmagan.

Hukumatning ma’lum qilişiça, hozirda Norvegiyada 20 mingga yaqin panagoh mavjud. Ularga 2,5 million kişi siğadi — bu mamlakat aholisining 45 foizi demak. Boşqa Skandinaviya mamlakatlaridagi bombapanagohlar esa aholining 70-90 foiziga möljallangan.