Markaziy Osiyo va Afğoniston haqidagi ba’zi xabarlar jamlangan haftalik dasturni tomoşa qiling.

Uç boş vazir çegarada körişdi

Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston boş vazirlari 8 yanvar kuni davlat çegaralari tutaşgan nuqtada körişdi. Ma’lum qilinişiça, Abdulla Aripov, Odilbek Qosimaliyev va Qohir Rasulzoda davlat çegarasi böyiça avvalgi erişilgan kelişuvlar doirasida körişgan. Özbekiston hukumati matbuot xizmatiga köra, uçraşuv mintaqaviy integratsiyani mustahkamlaş maqsadida ötkazilgan. Boş vazirlarning davlat çegarasi tutaşgan hududda körişgani esa ramziy ma’noga ega. Ular savdo, logistika, suv-energetika, madaniy-gumanitar aloqalar böyiça katta salohiyat borligini gaplaşgan. Xöş, boş vazirlarning bu uçraşuvi nimani anglatadi. Bilasiz, uç davlat ham uzoq yillar davomida çegara da’volari va territorial nizolar bilan yaşadi. Oldingi hukumatlar yon bermadi, butun dunyoga qöşnilar özaro bahamjihat emasligi bilan namoyon bölib, bu davlatlar siyosiy imijiga ham putur yetkazdi. Hozirgi çegara kelişuvlari esa rostdanam yaxşi natija, boş vazirlar uçraşuvi bilan esa masala töla ijobiy hal bölgani messeji berilmoqda.

Tojikistonda metro quriladi

Tojikistonda metro qurilişi mumkin. Buning uçun poytaxt Duşanbe şahri tanlanmoqda, ötgan yilning örtalaridan metro quriş loyihasini işlab çiqiş boşlangan. Respublika Transport vazirligiga köra, uzunligi 10,5 km bölgan birinçi metro liniyasi şaharning janubiy qismidan davlat sirki hududigaça davom etadi. Metro quriş taşabbusi poytaxtdagi tirbandlik va jamoat transporti tizimining noqulay ekani ortidan bildirilgan. Lekin metro vaziyatni yaxşilaş-yaxşilamasligi böyiça tahlillar ötkazilayotgani yöq.

Asia Plus Tajikistan aholining fikrini örganarkan, köpçilik metro qurilişini yoqladi. Odamlar bu tirbandlikning oldini olişiga umid qilmoqda. Poytaxt aholisi fikriça, piyodalar ötiş yölaklarini demontaj qiliş ortidan ham tirbandlikni kamaytiriş rejalangandi, lekin natija aks ta’sir qildi. Yoşlar fikriça, qiyin bölsa ham Tojikistonga metro kerak. Ammo sörovnomada qatnaşganlar içida bu muammoni hal qilmasligini aytuvçilar ham topildi. “Menimça, tirbandliklar avvalgidek qoladi. “Mana, piyodalar ötiş joylari ham yopildi, lekin heç narsa özgarmadi-ku”, deydi poytaxtlik qiz.

Tojikiston mintaqada elektron hukumat eng kam rivojlangan davlat

Tojikiston Markaziy Osiyoda elektron hukumat eng kam rivojlangan davlat deb topildi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2024 yilgi elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi röyxati e’lon qilinarkan, Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston oxirgi örinni egalladi. Mintaqa böyiça eng yaxşi körsatkiç esa Qozoğistonniki. Indeks doirasida dunyoning 193 davlati raqamli rivojlanişi baholangan va davlatlarga turli kriteriyalar asosida ballar berilgan.