Toşkent, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulaniş holatlari foş etilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Böstonliq va Zangiota tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tergovga tekşiruvlarda uşbu tumanlarda yaşovçi fuqarolar A.B. va A.A. baliqçilik xöjaligiga möljallangan yer va yaşaş xonadonida umumiy foydalanişdagi elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga yaşirin ravişda ulanib, jami 270,8 mln sömlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi Departamentning Nurobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro L.X. öziga tegişli noturar joy binosida elektron gaz hisoblagiçdan taşqari gaz quvuriga yaşirinça ulanib, jami 116, 7 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Qarşi şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro M.A. “Buyuk turon” MFY hududida joylaşgan muzlatkiç xonasini elektr tarmoğiga töğridan töğri ulab, jami 107,3 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.