Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston Xalq artisti Jyenisbek Piyazov tomonidan yöllangan video murojaat e’lon qilindi.

Unda artist Toşkent viloyatidagi yöllarning birida maşinasi bilan harakatlanayotganida qisqa vaqtda bitta multiradar maşinasiga ketma-ket jarima yozganini aytgan. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilişiça, Jyenisbek Piyazovga tegişli maşina Böstonliq tumaniga olib boruvçi yölning 45 va 50 kilometrlaridagi qözğalmas ustunga örnatilgan statsionar radarlar orqali va uşbu yölning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga örnatilgan) radarlar orqali tezlikni oşirib harakatlanganligi qayd etilgan.

Şu sababli qonunlarda belgilangan tartibda har bir sodir etilgan huquqbuzarlik uçun alohida jarima qarorlari çiqarilgan.

“Hurmatli fuqorolar, şu sababli avtomobil yöllarida tezlik me’yorlariga amal qilişingiz talab etiladi. Zero tezlik me’yorlariga amal qilmaslik insonlar soğliği va hayotiga ziyon yetişiga sabab bölişi mumkin”, deyiladi xabarda.

Jyenisbek Piyazov öz murojaatida jarimaga tortiş haqidagi elektron tarzdagi ma’muriy bayonnomani körsatadi. Unda artist soatiga 130 km tezlikda harakatlangani qayd etilgan.