2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.
Har bir yirik sanoat korxonasi hududida va unga tutaş hududlarda “yaşil belboğ”lar barpo etiladi.
Atrof-muhitga ta’sir körsatişning yuqori va örta darajadagi xavfli sanoat korxonalari va ularga tutaş hududlarida “yaşil belboğ”lar barpo etiş uçun hududlarda faoliyat yuritib kelayotgan sanoat korxonalari röyxati şakllantiriladi va hududning tuproq iqlim şaroitidan kelib çiqib daraxt va buta köçatlari tanlanadi.
Sanoat korxonalari atrofida “yaşil belboğ”lar barpo etiş uçun 10 million dona daraxt va buta köçatlari ekiş ta’minlanadi.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-2026 yillarda respublikaning 208 ta tuman (şahar) Obodonlaştiriş boşqarmalari tasarrufidagi kökalamzorlaştiriş hududlarida jami 736 km uzunlikdagi suğoriş tizimlari va 414 dona suv çiqariş quduqlari taşkil etiladi.
Jumladan: 2025 yilda 350 km uzunlikdagi suğoriş tizimlari va 207 dona suv çiqariş quduqlari, 2026 yilda 386 km uzunlikdagi suğoriş tizimlari va 207 dona suv çiqariş quduqlari taşkil etiladi.
Tuman (şahar) Obodonlaştiriş boşqarmalari tasarrufidagi kökalamzorlaştiriş hududlarida suğoriş tizimlari va suv çiqariş quduqlarini barpo etiş uçun töğri keladigan hududlar tanlab olinadi va tasdiqlanadi.
Aniqlangan obodonlaştiriş hududida suğoriş tizimlari va suv çiqariş quduqlarini barpo etiş böyiça belgilangan tartibda loyiha taşkiloti aniqlanadi.
Ğolib loyiha taşkiloti tomonidan obektning loyiha hujjatlari işlab çiqiladi va tegişli davlat ekspertizasi xulosasi olinadi.
Tasdiqlangan davlat ekspertiza xulosasiga asosan belgilangan tartibda pudrat taşkiloti aniqlanadi.
Loyihani amalga oşiriş böyiça ğolib bölgan pudrat taşkiloti va tuman (şahar) Obodonlaştiriş boşqarmasi örtasida tegişli şartnoma tuzilişi ta’minlanadi.
Pudrat taşkiloti tomonidan loyihani amalga oşiriş böyiça belgilangan quriliş-ta’mirlaş işlari sifatli amalga oşirilişi nazoratga olinadi va talab etiladigan mablağlar ajratiladi.








